Elon rasmi

2025-10-11

2026-yil doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti 2026-yil oliy ta’limdan keyingi ta’lim yuzasidan quyidagi doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi:
TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)
MUSTAQIL IZLANUVCHILIK
STAJYOR–TADQIQOTCHILIK
Ixtisoslik nomlari:
✅ 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi - 2ta o'rin.
✅ 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari - 2ta o'rin.
✅ 05.10.03 – Seysmik xavfsizlik - 2ta orin.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2025-yil 5-oktabrdan – 5-noyabrgacha
Ro‘yxatdan o‘tish: http://phd.daraja.ilmiy.uz
Aloqa uchun: +998 (71) 241-44-94 Manzil: Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko'chasi, 3-uy, G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti.
‼️ Eslatma: Tanlovda ishtirok etish tartiblari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.
Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
1. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka – 3.5 shakl boʻyicha).
2. Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
3. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (B1 daraja).
Barcha hujjatlar .pdf shaklida tayyorlanib, 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrga qadar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

⬅️ Orqaga