11:21/30.07.2020 25

GIDROGEOSEYSMOLOGIYA LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri - geologiya-mineralogiya fanlari doktori,Yusupov Sh.S

Аkad. Sultonho`jayev A.N.

Laboratoriya tashkil etilgan yili. Laboratoriya 1967 yilda tashkil qilingan. Ilkbor “Gidrogeohimiya” laboratoriyasi deb atalgan edi. Uning birinchi mudiri Qosimov X.K. bo`lgan. Dastlabki faoliyati Toshkent shahrining G`alaba parkida joylashgan yer osti suv quduqlaridan birida radon gazining tarkibini kuzatish bo`lgan.

Laboratoriya xodimlari. Xodimlar soni 4 kishidan iborat edi. Asosiy keng qamrovli tadqiqot faoliyati 1971 yilda geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor A.N. Sultonho`jayevning laboratoriyaga yetakchi bo`lib kelganidan boshlangan.

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishi. Zilzilalarning gidrogeoseysmologik darakchilarini qidirish va seysmik xavfni prognoz qilishning ilmiy asoslarini va texnologiyasini ishlab chiqishdir.

Laboratoriya mudiri geologiya-mineralogiya
fanlari doktori,Yusupov Sh.S.

Hamkasblar va xodimlarning keng ko`lamdagi izlanishlsri natijasida “Zilzilaniung tayyorlanish va sodir do`lish davrida yer osti suvlari himiyaviy tarkibining (gaz va izotoplar) o`zgarishi” nomli 129-sonli kashfiyot qilingani edi (Mavlonov G`.O.,. Sultonho`jayev A.N., Xasanova L.A., va boshqalar).

Ilgari maۥlum bo`lmagan aynan shu xodisa keyinchalik fanning ikki yo`nalishi - seysmologiya va gidrogeologiya oralig`ida O`zbekistonda, keyinchalik dunۥyoning ko`pgina seysmoaktiv regionlarida o`z rivojini topgan va fandagi yangi yo`nalishning shakllanishiga sabab bo`ldi. Yaۥ'ni“Gidrogeoseysmologiya” fani vujudga keldi.

Bundan tashqari laboratoriya xodimlari tomonidan 1975 yili “Gaz anomaliyalarini aniqlash usuli”, 1980 yili “Radioktiv emanasiya konsentrasiyasini o`lchash uskunasi”, 1989 yili “Zilzilalarni prognoz qilish usuli” mavzularida avtorlik guvoxnomalari, 1993 yili “Zilzilaning avtershok aktivligini prognoz qilish usuli”, 1998 yili “Zilzilalarni prognoz qilish usuli” nomli patentlarni olishga muyassar bo`ldirar va h.k.z.

Vistavkalarda qatnashish.

Xalqaro simpoziumlarda

(Bishkek (Qirg`ziston), Urumchi (XXR)).

Kuzatuv obۥektlari yer osti suvlari bo`lib, parametrlari esa: suvda erigan gazlardan - Rn, CO2, Ar, N2, O2, H2, Не va boshqalar; himiyaviy elementlardan - K, F, CI, B, Ca, Hg va b.; yer osti suv manbaۥlari gidrogeofizik parametrlaridan – suv sarfi, bosimi, temperaturasi; izotop-geohimik parametrlaridan – elementlarning izotop nisbatlari - δ13С, 40Ar/36Ar, 3He/4He va suvning δ18O, δD ko`rsatgichlarini kuzatish yo`lga qo`yilgan. Yuqorida qayd qilingan hamma parametrlar kompleksini ilmiy taxlil qilish va anomal o`zgarishlarni tizimlash zilzilalarning tayyorlanish va sodir bo`lishida zamonaviy ilmiy metod asosida baۥzi bir zilzilalarni prognostic alomatlariga asoslangan bashorati – bu zilzila prognozida yangicha yondashish edi.

Shunday qilib, keyinchalik zilzilalarni prognoz qilishda yer osti suvlarining gidrogeohimiyasi dunyo miqyosida tan olindi va o`z o`rnini egalladi. Zilzilaning tayyorgarlik, sodir bo`lish va undan keyingi davrdagi jaroyonlar bilan uzviy bog`langan yer osti suvlari parametrlari: gidrogeodinamik rejim, fizika-himiyaviy va gaz hamda izotop tarkibi darakchilarning namoyon bo`lish qonuniyatlarini aniqlashda, ularni qidirishda va seysmik xavfni prognoz qilishda gidrogeoseysmologik(GGS) usul xal qiluvchi o`ringa chiqdi.

RFA akad. E.M. Galimov, Parij universiteti prof. Letol.

O`tgan asrning 80-yillariga kelib laboratoriya bazasida qo`yilgan masalalarning kengayishi hisobiga Gidrogeoseysmologiya bo`limi tashkil qilindi va u gidrogeofizika, gidrogeohimiya va izotop geohimiyasi laboratoriyalarini o`z ichiga oldi.

Sistematik gidrogeoseysmologik izlanishlarning boshlang`ich etapi asosida laboratoriya, eksperimental va dala ishlari natijalarini kompleks taxlil qilish yotadi. Bu ishlar avval Toshkent geodinamik poligonida olib borildi. Keyinchalik esa darakchilarni qidirish, prognoz tadqiqotlari xududi (Toshkent, Farg`na va Qizilqum geodinamik poligonlari) kengaydi va yangi-yangi kuzatuv punktlari ochildi.

Qizilqumda

Qirqqiz bul.

Ozodbosh bul.

Sho`rchi stn. (7-quduq)

Yangi GGS-izlanish metodlari o`zlashtirildi, yaۥni, yer osti suvlari gazlarining (geliy, argon, karbonat angidrid, molekuryar vodorod, suvdagi vodorod va kislorod) izotop tarkibini mass-spektrometrik presizion aniqlash, trek detektorlari yordamida qattiq tog` jinslaridagi radonning tabiiy radiaktiv emanasiyasini o`lchash, geliyning suvdagi absolyut tarkibi qiymatini aniqlash, yadro-fizik analiz metodini qo`llab yer osti suvlarida simob miqdorini kuzatish va h.k.z.

Mass-spektrometrlar:: МI 13-09,

МАТ-250

Laboratoriya ustaxonasi (Yakubov Y.Sh.)

Laboratoriyaning asosiy vazifasi – uzluksiz kuzatuv jaroyonidagi anomal effektlarni aniqlash, GGS izlanishlar bo`yicha O`zbekistonning seyemoaktiv rayonlari uchun metodik qo`llanmalar ishlab chiqish va ularni Kompleks ekspedisiya (xozirda FVVga qarashli Prognostik monitoring markazi) faoliyatiga qo`llash, respublikaning har xil seysmorektonik va gidrogeologik regionlari uchun prongnostik stansiyalarni tashkil qilishdan iboratdir.

GGS parametrlari anomaliyararining namoyon bo`lish tabiatini o`rganish uchun natur (epimarkaz va sanoat portlashlar zonalarida gaz va suv namunalarini olish, obۥyektlarni har xil ekspluatasion rejimlarda, parametrlarning sutkalik va mavsumiy variasiyalarini aniqlash hamda quyosh va oy tutilishi davrlarida eksperimentlar o`tkazish) va “gaz – suv – tog` jinsi” sistemasida laboratoriya tajribalari o`tkazish.

Laboratoriyada bunday keng ko`lamli tadqiqotlarni olib borish uchun o`z paytida yetarli darajada asbob-uskunalar va yuqori malakali kadrlar mavjud edi. Bo`limda 40 dan ortiq ilmiy va injener-texnik xodimlar ishlar edi, shulardan 2 ta fan doktori (1 tasi akademik), 7 ta fan nomzodi bor edi.

Laboratoriyaning yetakchi mutaxasislari O`zbekiston FVVning Seysmoprognostik monitoring markazining doimiy konsultantlari hisoblanadilar.

2015 yilga kelib, Institutda ahvol ancha murakkablashib, ilmiy xodimlar soni kamayib ketishi natijasida 2-3 laboratoriyani birlashtirib yiriklashtirishga majbur bo`lindi. Shunda Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasi ham Geofizik maygonlar laboratoriyasi bilan qo`shlib, bitta laboratoriyaga birlashgan edi. Lekin shunga qaramay institut rahbariyatining sayi-harakati bilan 2020 yil boshidan Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasi yana tiklandi. Unga 8 ta shtat birligi ajratildi. Undan tashqari maۥnaviy va jismoniy jixatdan eskirgan asbob-uskunalarning o`rniga yangilari olina boshlandi. Laboratoriyaga 2020 yili 2 ta yangi xromatograf sotib olindi. Yangi mass-spektrometr olishga shartnoma tuzildi.

Акаd. Sultonxo`jayev, Yusupov va Хitoy delegasiyasi

Gidrogeoseysmologik izlanishlar natijalari bo`yicha laboratoriya xodimlaridan L.I. Mitrofanova (1981. Moskva), S. Siddiqov (1983), T. Zokirov (1985), Sh.S. Yusupov (1986), T.I. Isamuxamedova (1988), T.L. Ibragimova (1988), V. A. Kabo (1989, Qozog`iston GT va GF Instituti), A.O. Grinevskiy (1988, Moskva), V.V. Komissarov (1990, Moskva), Nabil Abraxam Muhamed (1992, Yaman), R.S. Ziyavuddinovlar (2011) fan nomzodi, Sh.S. Yusupov (1994), G.Yu. Аzizov (2000) doktorlik dissertasilarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Laboratoriya xodimlari AQSH, Yaponiya, Italiya, Hindiston Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarga vatanimiz ilmiy yutuqlarini ommalashtirish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida unumli xizmat safarlarida bo`ldilar.

Olimlarimizning umumiy chop etgan ilmiy ishlari 250 dan ortiq. Eng muhimlari Xitoy, Yapon va Ingliz tillariga tarjima qilingan .

Oxirgi yillardagi asosiy nashrlar ro`yxati:

1. Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., UmurzakovR.K. Osobennosti rasprostraneniya rastvorennyx gazov v podzemnyx vodax pritashkentskogo artezianakogo basseyna/ Ekologiy Vest. Uzbekistsna, №2, Таshкеnт, 2018. s.29-33.

2. Yusupov Sh.S., Nurmatov U.A., Shin L.,Yu., Yusupdjanova U.A. FEATURES OF INFLUCE OF GEODYNAMIC CONDITIONS ON THE MANIFESNANIJN OF HYDROGEOSEISMOLOGICAL EATHQUAKE PRECURSORS// International Jornal of Geology, Earth and Environmental Sciences. Jaipur, India. P. 23-31.

3. Закиров М.М., Шин Л.Ю. О факторах, влияющих на изменения концентрации воднорастворимого гелия в подземных водах Узбекистана // ДАН РУз : ФАН. №2. 2018. с . 79-86.

4. Zakirov M.M., Ziyavuddinov R.S. EATURES CHANGE OF HELIUM CONCENTRATION IN UNDERGROUND WATER (ON EXAMPLE OF THE SOUTHERN TIEN SHAN AND THE PAMIRS) // International Journal of Geology, Earth & Environmental Sciences ISSN: 2277-2081. 2019 Vol. 9 (1) January-April, pp. 17-20. India.

5. Юсупов Ш.С. Особенности изотопного состава углерода в карбонатной системе СО2 – НСО3- - СО3= подземных вод // НАУКА, Новые технологии и инновации Кыргызстана, №4, Бишкек, 2019. С.122-125.

6. Умурзаков Р.К., Юсупов Ш.С. Особенности проявления молекулярного водорода в подземных водах в различных сейсмотектонических условиях Узбекистана // НАУКА, Новые технологии и инновации Кыргызстана, №4, Бишкек, 2019. С.166-169.

7. Юсупов Ш.С., Шин Л.Ю. Об одной возможности прогнозировать местог предстоящего землетрясения гидрогеосейсмологическим методом //НАУКА, Новые технологии и инновации Кыргызстана, №4, Бишкек, 2019. С.195-200.

8. Юсупов Ш.С., Шин Л.Ю. Особенности изменения изменения углекислого газа подземных вод Узбекистана // НАУКА, Новые технологии и инновации Кыргызстана, №4, Бишкек, 2019. С. 257-259.

9. Юсупов Ш.С., Шин Л.Ю. Гидрогеосейсмологические предвестники землетрясений // АН РУз, Проблемы сейсмологии, №2, Ташкент, 2019.С. 38-40.

10. A.U.Abdullayev, Sh.S.Yusupov. OPTIMIZATION OF QUANTITATIVE INDICATORS OF COMPLEX SEISMO-HYDROGEOCHEMICAL MONITORING WITH THE PURPOSE OF FORECASTING STRONG EARTHQUAKES // NEWS OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF KAZAKHSTAN, Satbayev University. SERIES OF GEOLOGY AND TECHNICAL SCIENCES. №2 (440) MARCH – APRIL 2020. Р.14-20.

©2018-2020 Barcha huquqlar himoyalangan.