“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

📅 29 Aug 2025

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ–222-sonli qaroriga asosan joylarda O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya ostida o‘tkazildi.
Joriy yilning 28-avgust kuni G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari bilan institutda ko‘p yillar davomida ishlagan va hozirda ham ilmiy faoliyat olib borayotgan ustoz-olimlarimiz Q.N.Abdullabekov, B.Mardonov, S.X.Sobitov, L.A.Xamidov, U.A.Nurmatov, R.S.Ibragimov va bir qator mehnat faxriylariga institut rahbariyati tomonidan bayram tadbirida chuqur hurmat va minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir yakunida barcha institut xodimlari bayram dasturxoniga taklif etildi.