17-18-sentyabr kunlari G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari

📅 18 Sep 2025

17-18-sentyabr kunlari G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga Andreya Chan (Andrea Chiang), Tuna Onur (Tuna Onur) “Laurens Lavemor Milliy Laboratoriyasi” (Lawrence Lavemore National Laboratory - LLNL) va Kevin Mekki (Kevin Mackey) Michigan Davlat Universiteti (Michigan State University) iborat Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat guruhi tashrif buyurdi. Tashrif davomida LLNL bilan xamkorlikda olib borishi rejalashtirilayotgan “Seysmik xamkorlik dasturi” (The Seismic Cooperation Program Team) muhokama qilindi, Shundan so‘ng, AQSH olimlar tadqiqotlari natijalari bilan o‘rtoqlashib Tuna Onur, Andrea Chang va Kevin Mekki o‘z prezentatsiyalari bilan ma’ruzalar qildilar. Uchrashuv oxirida xamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni olib borishga kelishib olindi.