O‘zbekiston va Yaponiya seysmologlari ilmiy aloqalari yo‘lida muhim qadam

📅 09 Oct 2025

2025-yil 2-14 oktabr kunlari seysmologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zR FA vitse-prezidenti S.Z.Mirzaev va G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hodimlaridan iborat olimlar guruhi Yaponiyaning Nagoya shahridagi Nagoya universitetiga xizmat safarida bo‘lib turipti.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 1 aprel 2024 yilda tuzilgan ALM-202311142839 sonli shartnoma “Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsiong modelini yaratish” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar natijalarini muhokama qilish hamda Yaponiyaning seysmik simulyatsiya va zilzila oqibatlarini iqtisodiy baholash bo'yicha ilg'or metodikalari bilan tanishish ko‘zda tutilgan. O'zaro tajriba almashish orqali kelajakda bu borada kengroq tadqiqotlarni olib borish hamda ilmiy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.