2025-yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga V.I. Vernad nomidagi Krim federal universiteti birinchi prorektori Yurchenko Sergey Vasil'evich boshligidagi olimlar guruhi tashrif buyurdi. Tashrif davomida, Krim federal universiteti va Seysmologiya instituti o‘rtasida ilmiy aloqalarni o‘rnatish, qo‘shma konferensiyalar, ilmiy seminarlar tashkil etish., ilmiy hodimlarni qisqa va uzoq muddatli ilmiy stajirovkalarni tashkil etishga kelishib olindi.