Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida ilmiy muassasalar faoliyati boʻyicha kompleks monitoring ishlari olib borildi. Monitoring doirasida ilmiy yoʻnalishlar, laboratoriyalar hamda mavjud tadqiqot salohiyati toʻliq xatlovdan oʻtkazildi.