SEYSMOLOGIYA INSTITUTI JAMOA SHARTNOMASI IJROSI MUHOKAMASI

18 Mar 2026
2026-yil 18-mart kuni O‘zFA Seysmologiya instituti ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zFA Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sherzod Sultonboevich Jo‘raev ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi hamda mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Seysmologiya instituti direktori V.A.Ismailov qisqacha ma’lumot berildi.
So‘ng 2025-yil davomida jamoa shartnomasining yo‘nalishlar kesimida bajarilishi, xodimlarning mehnat muhofazasi, sog‘lig‘ini tiklash, moddiy rag‘batlantirish hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O‘.Yusupdjonovaning hisoboti tinglandi.
Yig‘ilish yakunida Sh.S.Jo‘raev institut xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berdi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar imkon darajasida inobatga olinishini ma’lum qildi.