Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, 2023-yil 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Oʻzbekiston boʻyicha seysmik faollik ekstremal darajaga koʻtarilishi yuzasidan institut olimlarining jarayonlarni oʻrganishlari, ilmiy baholashlariga bagʻishlangan Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda davra suhbati boʼlib oʼtmoqda.
Davra suhbatida Ommaviy axborot vositalaridan “Yangi O‘zbekiston”, “Narodnoye slovo”-gazetalari, O‘zReport-telekanallari, Xabar.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz-saytlari muxbirlari ishtirok etishmoqda.
Davra suhbati jarayonida so‘zga chiqqan: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi K.Abdullabekov, institut Seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri U. Nurmatovlar muxbirlarga ularni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda.