O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

G'.O. MAVLONOV NOMIDAGI SEYSMOLOGIYA INSTITUTI




SEYSMIK RISK LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri – geologiya va mineralogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Sharofiddin Ismatullayevich Yodgorov

Laboratoriya tashkil etilgan yili: 1966-yili O‘zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tuzilmasida «Seysmik mikrorayonlashtirish va kuchli harakatlar» laboratoriyasi tashkil etildi. 1985-yilda institut faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tavsiyasiga binoan laboratoriyaning nomi “Muhandislik seysmologiyasi” deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1054-sonli qaroriga asosan “Muhandislik seysmologiyasi” laboratoriyasi bazasida O‘zbekiston aholisi va hududlarni seysmik xavfsizligini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan "Seysmik risklar" laboratoriyasi tashkil etildi.

I. Laboratoriya ilmiy jamoasi. Laboratoriya tashkil qilingandan beri

unga geologiya va mineralogiya, fizika-matematika sohasining mashhur fidoiy olimlari: 1966-1985-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, geologiya va mineralogiya fanlari doktori, professor S.M. Qosimov; 1985-1991-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, fizika-matematika fanlari doktori, professor B.M. Mardonov; 1991-1998-yillar geologiya va minerologiya fanlari doktori, professor V.A. Ismoilov; 1998-2015-yillar geologiya va minerologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim A.Jo'rayev; 2015-2018-yillar geologiya va minerologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim M.A.To'ychiyeva; 2018-2020-yillar geologiya va minerologiya fanlari doktori, professor V.A. Ismoilov mudirlik qilgan, 2021-yildan hozirgi kunga qadar geologiya va mineralogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim S.I.Yodgorov rahbarlik qilmoqda. Laboratoriya xodimlari tarkibi. Hozirgi kunda (2022-yil holatiga) laboratoriyada 15 nafar xodim (1 nafar fan doktori, 3 nafar geologiya va mineralogiya fanlari bo’yicha falsafasi doktori (PhD), 1 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar kichik ilmiy xodim, 6 nafar tayanch doktorant, bir nafar stajor-tadqiqotchi, 3 nafar magistr talabalar) ilmiy faoloyat olib bormoqda.

• seysmik mikrorayonlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini va istiqbolli qurilish va rivojlanish zonalari bosh rejalari uchun asos sifatida respublikaning shaharlari va yirik iqtisodiy obyektlari hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini ishlab chiqish;

• grunt sharoitlari va masofani hisobga olgan holda, seysmik tebranishlar parametrlarining pasayish qonuniyatlarini o'rganish, ularning asosida ehtimoliy baholarni ishlab chiqish va potensial xavfli zilzilalarda gruntlar silkinishining muhandislik parametrlarini prognoz qilish;

• hudud seysmik intensivligining gruntlarning turiga va ularning muhandis-geologik va seysmik xususiyatlariga bog'liqligini o'rganish;

• seysmodinamik jarayonlar va hodisalarning dispers gruntlardagi rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish, ularning tarqalish hududlaridagi seysmik effekt ko'rsatkichlarini baholash usullarini ishlab chiqish;

• hududning muhandis-geologik sharoitlari hamda mahalliy bino va inshootlarning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda, dala makroseysmik tadqiqoti usullarini takomillashtirish, kuchli va halokatli zilzilalar oqibatlarini baholash;

• bino va inshootlarning seysmik zaifligini baholash metodologiyasini takomillashtirish, shuningdek, "grunt-inshoot" tizimi asosida tebranishlarning instrumental-seysmometrik tadqiqotlari negizida binolarning har xil konstruktiv turlarining zaiflik funksiyalarini aniqlash;

• turli hududiy: viloyat, shahar va maydon miqyosida seysmik riskni baholash va rayonlashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

• kuchli zilzilalarda yetkazilgan zararni baholash texnologiyasini takomillashtirish;

• riskni minimallashtirish, o'lim, jarohatlar sonini kamaytirish, shuningdek favqulodda vaziyatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy zararni kamaytirishga yo'naltirilgan ilmiy bilimlarni rivojlantirish.

Yer qobig'idagi elektromagnit hodisalarni, zilzila darakchilari kompleksining namoyon bo'lishi makon-vaqt xususiyatlarini o'rganish. Zilzilalarni prognozlash tizimining nazariy asoslarini, zilzilalarni tayyorlash jarayonlarining geofizik modellarini ishlab chiqish. Suv omborlari, yerosti gaz omborlari, gaz va neft konlaridan foydalanish rejimining elektromagnit maydonlar variatsiyalarining xususiyatlariga ta'sirini tadqiq qilish.

III. Tarix-ilmiy, uslubiy va amaliy natijalar.

• Laboratoriyaning ilmiy va amaliy yutuqlarga erishishida S.M. Qosimov, A.M.Xudaybergenov, M.SH.Shermatov, T.S.Valiyev, S.A. Abdurahmonov, B.M.Mardonov, Yu.K.Chernov, N.M.Jo'rayev, A.Jo'rayev, A.U.To'raxo'jayev, R.A.Tillaboyev, K.SH.Nurmuhamedov, M.U.Mengliboyev, V.A.Ismailov, D.B.Zaynutdinova, S.A.Tyagunov, V.Yu.Sokolov, R.Sh.Inog'omov, M.N.Kenesarin, Sh.X.Abdullayev, M.A.To'ychiyeva, N.G.Mavlonova, M.M.Zokirov, R.T.Yunusxojiyev, Z.Yu.Ahmedov, N.Latipxo'jayev, V.P.Razmolodin, A.B.Pavlov va boshqalar kabi ilmiy xodimlar salmoqli hissa qo'shishgan.

• BMT rahbariligida o'tkazilgan "RADIUS" (Tabiiy ofatlar xatarlarini kamaytirish xalqaro o'n yilligi – 1990-2000) xalqaro loyihasi doirasida yirik shahar hududida zilzila - senariysining seysmik ta'siri prognozining muhandislik va seysmologik asosi yaratildi. Toshkent shahri misolida mintaqaviy geologik va yer sharoitini hisobga olgan holda 6,1 magnitudali va 20 km chuqurlikdagi senariyli zilzilaning seysmik effekti tarqalishining sxematik xaritasi tuzildi.

• Gazli (1976-1984), Qayroqqum (1985), Karpat (1986), Spitak (1988), Susamir (1993) kabi halokatli va boshqa kuchli zilzilalarning oqibatlari batafsil o'rganildi. Grunt sharoitlari va seysmik tebranishlar parametrlariga qarab turli xil ko'p qavatli va konstruksiyali inshootlarning buzilish xususiyatlari aniqlandi. Dispers gruntlarning tarqalishi hududida rezonans effektining namoyon bo'lish xususiyatlari aniqlanib, bu Toshkent shahri hududini seysmik mikrorayonlashtirish sxemasini tuzishga imkon berdi.

• Mamlakat hududida seysmik rayonlashtirish va seysmik riskni baholash uchun makroseysmik asos hisoblangan 1970-2018-yillar davridagi kuchli zilzilalar izoseyst xaritalari katalogi tuzildi. Katalogdagi ayrim xaritalar 1997-yilda Yevrosiyoni va 2002-yilda O'zbekiston hududini seysmik rayonlashtirishda qo'llanildi.

• O'zbekiston hududida AES qurilishi uchun alternativ maydoncha tanlandi

• Farg'ona vodiysi, Markaziy Qizilqum va Toshkentoldi mintaqasi hududlarini batafsil seysmik rayonlashtirishning muhandis-seysmogeologik asosi yaratildi.

• seysmik intensivlikka mintaqaviy-geologik, tarkibiy-tektonik va muhandis-geologik omillarning o'ziga xos xususiyatlari ta'sirlarini hisobga olgan holda, shahar hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish usullari takomillashtirildi. O'zbekistonning 27ta yirik shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish bo'yicha ishlar olib borildi va qurilish-montaj ishlari xaritalari ishlab chiqilib, ular O'zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo'mitasi tomonidan qurilish uchun me'yoriy hujjatlar sifatida tasdiqlandi. Aniq natijalarga erishish uchun bir qator (Toshkent, Andijon, Samarqand, Namangan, Farg'ona va Olmaliq) shaharlarida seysmik mikrorayonlashtirish ishlari ikki marta amalga oshirildi.

• O'rta Osiyo respublikalari hududida keng tarqalgan mahalliy qurilish materiallaridan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga yetkazilgan zararning makroseysmik tekshiruvi materiallari bo'yicha seysmik intensivlikni baholash uslubiyoti takomillashtirildi. O'zbekistonning seysmik faol hududlaridagi muhandis-seysmogeologik sharoitlarga bog'liq ravishda har xil turdagi yakka tartibdagi binolarning qurilishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

• dispers gruntlar seysmik xususiyatlarining gruntning granulometrik tarkibiga, uning quruq holatdagi zichligi, namligi, g'ovaklilik va yutilish koeffitsientlariga bog'liqligi aniqlandi. Respublika hududida keng tarqalgan dispers gruntlarning har bir turi uchun seysmik kattalikning o'sishini baholash maqsadida, gruntning muhandis-geologik xususiyatlari bilan seysmik to'lqinlarning tarqalish tezligi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi.

• kompleks muhandis-geologik va seysmologik tadqiqotlar asosida, “Chinoz”, “To'y-Tepa” va “Pskent” sinov maydonlarida lyoss massivlarda seysmik yoriq deformatsiyalarning rivojlanish qonuniyatlari aniqlandi va lyoss qatlamlarda seysmik yorilish jarayonlarini keltirib chiqaradigan seysmik tebranishlarning miqdoriy parametrlari belgilandi.

• yerosti ishlarida chuqurlikdagi grunt massivlarining seysmik tebranishlari o'zgarishining xususiyatlari aniqlandi. Amplitudaning pasayishi va tebranishlar yuqori chastotali xususiyatlarining chuqurligi bilan past chastotalisi bilan aralashishi aniqlandi. Tadqiqotlar 0 dan 240 m.gacha turli chuqurlikdagi Kovuldi yerosti ishlarida olib borildi.

• texnogen ta'sirlarga qadar va undan keyingi grunt tebranishlari amplituda va chastotali xususiyatlarining o'zgarishiga sabab bo'ladigan grunt sharoitlaridagi texnogen o'zgarishlarning seysmik tebranishlar parametrlariga ta'siri o'rganildi va miqdoriy jihatdan aniqlandi. Har xil turdagi to'kiluvchan gruntlarning muhandis-geologik va seysmik xususiyatlari batafsil o'rganildi. To'kiluvchan gruntlarning tarqalishi hududidagi seysmik effekt ularning turi va tarkibiga, hosil bo'lish yoshiga, quvvati va suvning chiqarilish darajasiga qarab o'zgarishi aniqlandi.

• Ichan Qal'a qo'riqxonasi (Xiva), Registon maydoni (Samarqand), Ark (Buxoro), "Ko'kaldosh" madrasasi (Toshkent) va boshqalar kabi tarixiy me'moriy yodgorliklar joylashgan hududlarda kompleks muhandis-seysmologik tadqiqotlar olib borildi, ularning asoslarini saqlash va mustahkamlash bo'yicha tavsiyalar berildi.

• seysmologik, muhandis-geologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni o'rganish materiallarini ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish asosida O'zbekiston hududida seysmik riskni baholash, rayonlashtirish va boshqarish uslubiyati ishlab chiqildi. Ushbu uslubiyat 9 balli yuqori seysmik zonada joylashgan Andijon viloyatining hududiy darajalarida sinovdan o'tkazildi

• qurilish maydonlarining seysmikligini aniqlash uchun gruntning seysmik xususiyatlari bo'yicha tasnifi ishlab chiqilib, u "Qurilish me'yorlari va qoidalari" (KMK 2.01.03-96)da O'zbekistonning seysmik mintaqalarida qurilish uchun me'yoriy hujjat sifatida qabul qilindi.

• "O'zLITI" AJ va O'zbekiston Respublikasi FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining Davlat standarti (RTS Uz 836-97): "6 balldan 10 ballgacha zilzila intensivligini aniqlash shkalasi" ishlab chiqildi.

• Jizzax hududida sinovdan o'tgan shaharlashgan hududlarning seysmik xavfini baholash va rayonlashtirish texnologiyasi ishlab chiqildi.

• seysmik ta'sir intensivligi o'zgarishining aniqlangan mintaqaviy va mahalliy xususiyatlari hamda turli binolar va imoratlarning seysmik zaifligini baholash asosida turli hududiy darajalar (ma'muriy mintaqa, shahar qurilishi va qurilish maydoni)da seysmik xavfni baholashning muhandis-seysmologik asoslari ishlab chiqildi.

<1--

-->

IV. Xalqaro loyihalarda ishtiroki.

1. BMTning 1989-yil 22-dekabrdagi 44/236-son rezolyutsiyasi doirasida "IDNDR-RADIUS" "Toshkent shahrining seysmik riskini baholash" 1996-1997 yillardagi loyihasi.

2. Jahon bankining "Ta'lim muassasalari xavfsizligi bo'yicha global dasturi (GPSS)" va “Tabiiy ofatlar va tiklanish xavfini kamaytirish bo'yicha global jamg'arma (GFDRR)" dasturlari doirasida "Andijon shahri hududidagi seysmik riskni baholash va qabul qilingan ijtimoiy ob'yektlar (4ta maktab, 2ta bolalar bog'chasi va 3 ta shahar kasalxonasi)ga seysmik ta'sirlarning parametrlarini aniqlash" loyihasi, 2019-yil.

3. Jahon Bankining loyihasi: “Markaziy Osiyoda xavflarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun regional darajada zilzila va suv toshqinlari riskini baholash hamda ko’chkilar senariylarini tahlil qilishning namunaviy tahlili” 2020 -2022 yillar.

V. Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlar va maqolalar.

Quyidagi monografiyalar chop etildi:

1. Toshkent shahri hududini seysmik mikrorayonlashtirish (1969).

2. O'zbekistonda gidrotexnika inshootlari maydonlarini seysmik mikrorayonlashtirish (1974).

3. Chirchiqni seysmik mikrorayonlashtirish va usullarning ba'zi masalalari (1977).

4. O'zbekistondagi lyoss jinslarining fizika-kimyoviy, muhandislik-geologik va seysmik xususiyatlari (1978).

5. Batafsil seysmik rayonlashtirish va mikrorayonlashtirishning muhandislik va seysmogeologik asoslari (O'zSSR misolida) (1979).

6. Farg'ona vodiysidagi shaharlarni seysmik mikrorayonlashtirish (1982).

7. Nishablanish jarayonlarining shakllanishi va ularning seysmiklik bilan aloqasi (1984).

8. Muhandislik va geologik muammolarini qidirish ishlari geofizikasi usuli bilan hal qilish (1985).

9. 1976 yilgi Gazli zilzilalarining grunt sharoiti bilan bog'liq ta'siri (1985).

10. Chirchiq-Ohangaron havzasining grunt sharoitidagi seysmik ta'sir (1987).

11. 1984-1985-yillarda O'zbekistondagi kuchli zilzilalar. (epitsentr zonasida kuzatishlar, kuchli yer siljishlarining qaydlari va spektrlari) (1988).

12. Gruntning kuchli harakatlanishi va hududning seysmik xavfini miqdoriy baholash (1989).

13. O'zbekiston shaharlarining geoekologiyasi va seysmoekologiyasi (2014).

14. Yakka tartibdagi imorat soluvchilar uchun ko'rsatmalar (2015).

15. Shaharlashgan hududlarda muhandislik-geologik sharoitlar va seysmik risk omillarining shakllanishi va o'zgarishi qonuniyatlari (2015).

16. Toshkent shahri yerosti makonining muhandislik-geologik sharoitlari (2015).

17. Geologik muhitdagi tabiiy va texnogen o'zgarishlarning shakllanish qonuniyatlari (2016).

18. Seysmik riskning muhandis- seysmologik asoslari. Toshkent: (2021)

2020-2022 yillardagi ilmiy jurnallardagi nashrlar:

1. В.А.Исмаилов, Т.У.Артиков, У.А.Нурматов, Р.С.Ибрагимов, Ш.И.Ёдгоров Современное состояние вопроса оценки сейсмической опасности и сейсмического риска на территории Узбекистана// Журнал “Геология и минеральные ресурсы” 2021г., №2, С.97-103.

2. V.A.Ismailov, Sh.I.Yodgorov, Sh.B.Allayev, T.U.Mamarozikov, Sh.B.Avazov, Seismic microzoning of the Tashkent territory based on calculation methods, Soil Dynamics and Earthquake Engineering, Volume 152, 2022, 107045, doi:10.1016/j.soildyn.2021.107045.

3. Ядигаров Э.М., Мамарозиков Т.У., Ёдгоров Ш.И., Хусомиддинов А.С., Авазов Ш.Б. Оценка изменения пикового ускорения землетрясений с глубиной, по данным моделирования реакции грунтового слоя на сейсмическое воздействие// Проблемы сейсмологии №2 Т.3 С.91-96.

4. Бозоров Ж., Сатторов О. Улучшение инженерно-геологических и сейсмических свойств лессовидных грунтов на строительных площадках с учетом грунтовой подушки// Журнал “Вестник НУУз”, 2021г., №3/2/1, С.138-142.

5. Hasanova G.I. O'zbyekistonda syeysmofaol rayonlarining yer osti suvlarida simob mikrokomponent ko'rsatkichining o'zgarish xususiyatini o'rganish. Eurasian journal of academic research // 2022 Vol. 3 c-49-53.

6. Исмаилов В.А., Нурматов У.А., Ибрагимов А.Х., Хусомиддинов А.С. О последствиях Бахмальского землетрясения 29 сентября 2017 года // Геология и минеральные ресурсы. – Ташкент, 2018. - №1. – С. 35-38.

7. Исмаилов В.А. О влиянии сейсмических воздействий на развитие просадочного процесса и оценка сейсмическую устойчивость лессовых грунтов // Вестник НУ Уз, 2018. - №3/1. – С. 359-363.

8. Хусомиддинов С.С., Исмаилов В.А., Исламова Н.Ф. Сейсмический риск г.Джизака // Геология и минеральные ресурсы. – Ташкент, 2018. - №4. – С. 48-52.

9. Исмаилов В.А., Актамов Б.У. Методика оценка повреждаемости и уязвимости индивидуальных домов при сейсмических воздействиях с различной интенсивностью // Научно-практический журнал: Архитектура. Строительство. Дизайн. – Ташкент, 2018. - №1-2. – С. 72-78.

10. Vakhitkhan Ismailov.Engineering-seismological aspects of earthquake scenario development on the example of Tashkent, Uzbekistan // International Journal of Geology, Earth and Environmental Sciences. – India, 2018. – Vol. 8(2). – Р.30-35

11. Исмаилов В.А., Аллаев Ш.Б. Особенности затухания сейсмической интенсивности в различных грунтовых условиях // Проблемы энерго- и ресурсосбрежения. – Ташкент, 2018. - №3-4. – С.284-290. (05.00.00; №21).

12. Исмаилов В.А., Актамов Б.У., Авазов Ш.Б. Об оценки повреждаемости различных типов зданий при сильных землетрясениях // Экологический вестник Узбекистана. – Ташкент, 2018. - №9. – С. 15-17.

13. Бозоров Ж., Исмаилов В. Оценка влияния методов силикатизatsiи лессовых грунтов на изменение их сейсмических свойств// Вестник НУ Уз, 2020. - №3/1. – С. 149-153.

14. Исмаилов В.А., Актамов Б.У., Аллаев Ш.Б. Методика оценки последствий сильного землетрясения для городских территории //Вестник Университета гражданской защиты МЧС Беларуси, Т. 4, № 3, 2020. - С.305-315.

15. Исмаилов В.А., Ёдгоров Ш.И., Ядигаров Э.М., Авазов Ш.Б., Мамарозиқов Т.У. Фарғона водийси ҳудудидаги турар жой биноларининг сейсмик заифлигини баҳолаш усуллари// Тошкент архитектура қурилиш институти ДИЗАЙН ТАҚИ, 2-сон, 2022 йил с.168-174

16. В.А.Исмаилов, У.А.Нурматов, А.Х.Ибрагимов, Ш.И.Ёдгоров, Э.М.Ядигаров, Б.У.Актамов, Б.Ш.Бозоров. О ПОСЛЕДСТВИЯХ БАЙСУНСКОГО-3 (ЧИЛАНЗАРСКОГО) ЗЕМЛЕТРЯСЕНИЯ 12 МАЯ 2022 ГОДА SEYSMOLOGIYA MUAMMOLARI № 1 ТОМ 4 2022 й. с. 3-12

Ilmiy-amaliy anjumanlarda va boshqa ilmiy to‘plamlarda chop etilgan nashrlar:

1. Хусомиддинов А.С., Авазов Ш.Б., Мансуров А.Ф., Бозоров Ж.Ш. Оценка сейсмического риска для населных пунктов. “ХХI аср – интеллектуал ёшлар асри” мавзусидаги Республика илмий ва илмий-амалий анжумани. Тошкент, 24 апрель 2021 йил. 65-67 б.

2. Бозоров Ж.Ш., Мансуров А.Ф., Якубов Ш.Р., Чаққонова С.А. Особенности проявления остаточных деформatsiи в дисперсных грунтах при сильных землетрясениях и к вопросу обеспечения их сейсмоустойчивости. “Зилзилада аҳолини харакатланишга тайёрлаш ва ўргатишнинг инновatsiон услублари” мавзусидаги республика илмий-амалий семинари. Тошкент, 21 апрель 2021 йил. 78-83 б.

3. Исмаилов В.А., Ёдгоров Ш.И., Актамов Б.У., Авазов Ш.Б. Сейсмик риск картасини лойиҳалаш ва тузиш методологияси "Ўзбекистон Республикаси аҳолиси ва ҳудудининг сейсмик хавфсизлигини таъминлаш муаммолари" мавзусидаги республика миқёсидаги илмий -техник анжумани 20-21 октябрь 2021 й. 124-132 б.

4. Бозоров Ж. Ш., Мансуров А. Ф., Рўзимбаев Ф. Ф., Тешаева Р. Б Об изменении инженерно-геологических и сейсмических свойств просадочных лессовых грунтов до и после их инженерной подготовки "Ўзбекистон Республикаси аҳолиси ва ҳудудининг сейсмик хавфсизлигини таъминлаш муаммолари" мавзусидаги республика миқёсидаги илмий -техник анжумани 20-21 октябрь 2021 й. 105-111 б

5. Исмаилов В.А., Алимардонов Н.Ш., Бахтиёрова Р.Д., Турдиева М.Р. Особенности изменения инженерно-геологических условий на территории Ташкента с глубиной и их картирование "Ўзбекистон Республикаси аҳолиси ва ҳудудининг сейсмик хавфсизлигини таъминлаш муаммолари" мавзусидаги республика миқёсидаги илмий -техник анжумани 20-21 октябрь 2021 й. 117-124 б.

6. Мамарозиков Т.У., Ядигаров Э.М., Чакконова С.А. О физических свойствах аллювиальных отложений долины р.Чирчик по данным комплексных геофизических исследований "Ўзбекистон Республикаси аҳолиси ва ҳудудининг сейсмик хавфсизлигини таъминлаш муаммолари" мавзусидаги республика миқёсидаги илмий -техник анжумани 20-21 октябрь 2021 й. 132-136 б.

7. Мамарозиков Т.У., Ядигаров Э.М., Чакконова С.А. О физических свойствах аллювиальных отложений долины р.Чирчик по данным комплексных геофизических исследований "Ўзбекистон Республикаси аҳолиси ва ҳудудининг сейсмик хавфсизлигини таъминлаш муаммолари" мавзусидаги республика миқёсидаги илмий-амалий анжумани 20-21 октябрь 2021 й. 132-136 б.

8. Xudayberdieva N.S., Hasanova G.I., Bo'riyeva S.R. Rux uchun plastifikator olish texnologiyasini ishlab chiqish // “Umidli kimyogarlar -2022” с.49-50.

Guvohnomalar:

1. Исмоилов В.А., Хусомиддинов С.С., Садиров Ф.Х., Хусомиддинов А.С., Авазов Ш.Б., Бозоров Ж.Ш., Мансуров А.Ф. ЭҲМ учун дастур "Innovation SettlementPassport. Интеллектуал мулк агентлигидан 03.06.2021 йил №DGU12171 рақамли гувохнома.

2. Исмаилов В.А., Авазов Ш.Б., Ёдгоров Ш.И., Хусомиддинов А.С., Ядигаров Э.М., Актамов Б.У., Садиров Ф.Х. ЭҲМ учун дастур SeismicRiskAssessment.v.2.0 Интеллектуал мулк агентлигидан 05.10.2021 йил №DGU12542 рақамли гувохнома.

3. Исмаилов В.А., Матвапаев С.Р., Мамарозиқов Т.У., Мансуров А.Ф., Рўзимбоев Ф.Ф., Тешаева Р.Б., Чаққанова С.А., Бахтиёрова Р.Д., Бозоров Ж.Ш. ЭҲМ учун дастур REsoft Интеллектуал мулк агентлигидан 05.10.2021 йил №DGU12541 рақамли гувохнома.

So‘nggi yillarda nashr etilgan ishlar

1. “Янги Андижон” массиви ҳудудини 1:10 000 масштабда сейсмик микрорайонлаштириш ишлари амалга оширилди.

2. 1:1000 000 миқёсда Ўзбекистон Республикаси турар-жой фондининг эҳтимолий иқтисодий зарари баҳоланган сейсмик риск харитаси (туманлар ҳудуди кесимида); Ўзбекистон Республикаси турар-жой фондининг эҳтимолий талафотланиши баҳоланган сейсмик риск харитаси (туманлар ҳудуди кесимида); Ўзбекистон Республикаси турар-жой фондининг умумий кадастр қийматлари баҳоланган харитаси яратилди (туманлар ҳудуди кесимида);

3. Усовершенствованно методические руководства по проведению исследования по «Сейсмическому микрорайонированию».

4. Разработана технология оценки и районирования сейсмического риска урбанизированных территории и апробирована на территории г.Джизака

5. Разработана научно-методологическая основа инженерно-сейсмологических исследований для оценки сейсмического риска разномасштабных уровнях: региональном, городском и площадном.

6. Разработана научно-методологическая основа оценки геологических рисков на территории городских территории.

7. Оценены сейсмические риски для территории городов Джизак и Бухара в экономических показателях.

8. Исмаилов В.А., Аллаев Ш.Б. Особенности затухания сейсмической интенсивности в различных грунтовых условиях // Проблемы энерго- и ресурсосбрежения. –Ташкент, 2018. - №3-4. – С.284-290.

2018-2020 yillardagi ilmiy jurnallardagi nashrlar:

1. Исмаилов В.А., Нурматов У.А., Ибрагимов А.Х., Хусомиддинов А.С. О последствиях Бахмальского землетрясения 29 сентября 2017 года // Геология и минеральные ресурсы. – Ташкент, 2018. - №1. – С. 35-38.

2. Исмаилов В.А. О влиянии сейсмических воздействий на развитие просадочного процесса и оценка сейсмическую устойчивость лессовых грунтов // Вестник НУ Уз, 2018. - №3/1. – С. 359-363.

3. Хусомиддинов С.С., Исмаилов В.А., Исламова Н.Ф. Сейсмический риск г.Джизака // Геология и минеральные ресурсы. – Ташкент, 2018. - №4. – С. 48-52.

4. Исмаилов В.А., Актамов Б.У. Методика оценка повреждаемости и уязвимости индивидуальных домов при сейсмических воздействиях с различной интенсивностью // Научно-практический журнал: Архитектура. Строительство. Дизайн. – Ташкент, 2018. - №1-2. – С. 72-78.

5. Vakhitkhan Ismailov.Engineering-seismological aspects of earthquake scenario development on the example of Tashkent, Uzbekistan // International Journal of Geology, Earth and Environmental Sciences. – India, 2018. – Vol. 8(2). – Р. 30-35.

6. Исмаилов В.А., Аллаев Ш.Б. Особенности затухания сейсмической интенсивности в различных грунтовых условиях // Проблемы энерго- и ресурсосбрежения. – Ташкент, 2018. - №3-4. – С.284-290. (05.00.00; №21).

7. Исмаилов В.А., Актамов Б.У., Авазов Ш.Б. Об оценки повреждаемости различных типов зданий при сильных землетрясениях // Экологический вестник Узбекистана. – Ташкент, 2018. - №9. – С. 15-17.

8. Бозоров Ж., Исмаилов В. Оценка влияния методов силикатизации лессовых грунтов на изменение их сейсмических свойств// Вестник НУ Уз, 2020. - №3/1. – С. 149-153.

9. Исмаилов В.А., Актамов Б.У., Аллаев Ш.Б. Методика оценки последствий сильного землетрясения для городских территории //Вестник Университета гражданской защиты МЧС Беларуси, Т. 4, № 3, 2020. - С.305-315

10.Vakhitkhan Ismailov.Engineering-seismological aspects of earthquake scenario development on the example of Tashkent, Uzbekistan // International Journal of Geology, Earth and Environmental Sciences. – India, 2018. – Vol. 8(2). – Р.30-35

11. Исмаилов В.А., Аллаев Ш.Б. Особенности затухания сейсмической интенсивности в различных грунтовых условиях // Проблемы энерго- и ресурсосбрежения. – Ташкент, 2018. - №3-4. – С.284-290. (05.00.00; №21).

12. Исмаилов В.А., Актамов Б.У., Авазов Ш.Б. Об оценки повреждаемости различных типов зданий при сильных землетрясениях // Экологический вестник Узбекистана. – Ташкент, 2018. - №9. – С. 15-17.

13. Бозоров Ж., Исмаилов В. Оценка влияния методов силикатизatsiи лессовых грунтов на изменение их сейсмических свойств// Вестник НУ Уз, 2020. - №3/1. – С. 149-153.

14. Исмаилов В.А., Актамов Б.У., Аллаев Ш.Б. Методика оценки последствий сильного землетрясения для городских территории //Вестник Университета гражданской защиты МЧС Беларуси, Т. 4, № 3, 2020. - С.305-315

So‘nggi yillarda nashr etilgan ishlar

1. “Янги Андижон” массиви ҳудудини 1:10 000 масштабда сейсмик микрорайонлаштириш ишлари амалга оширилди.

2. 1:1000 000 миқёсда Ўзбекистон Республикаси турар-жой фондининг эҳтимолий иқтисодий зарари баҳоланган сейсмик риск харитаси (туманлар ҳудуди кесимида); Ўзбекистон Республикаси турар-жой фондининг эҳтимолий талафотланиши баҳоланган сейсмик риск харитаси (туманлар ҳудуди кесимида); Ўзбекистон Республикаси турар-жой фондининг умумий кадастр қийматлари баҳоланган харитаси яратилди (туманлар ҳудуди кесимида);

3. Усовершенствованно методические руководства по проведению исследования по «Сейсмическому микрорайонированию».

4. Разработана технология оценки и районирования сейсмического риска урбанизированных территории и апробирована на территории г.Джизака.

5. Разработана научно-методологическая основа инженерно-сейсмологических исследований для оценки сейсмического риска разномасштабных уровнях: региональном, городском и площадном.

6. Разработана научно-методологическая основа оценки геологических рисков на территории городских территории.

7. Оценены сейсмические риски для территории городов Джизак и Бухара в экономических показателях.

8. Исмаилов В.А., Аллаев Ш.Б. Особенности затухания сейсмической интенсивности в различных грунтовых условиях // Проблемы энерго- и ресурсосбрежения. – Ташкент, 2018. - №3-4. – С.284-290. (05.00.00; №21).