AXBAROT TAHLIL MARKAZI
Noyob obyekt rahbari – Karimov Ulug‘bek Baxtiyorovich
Seysmologik monitoring Axborot-tahlil markazini tashkil etishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3190-son farmoni bilan Seysmologik monitoring Axborot-tahlil markazi qayta tashkil etildi.
Izoh:
2017-yilgacha Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 71-son, 2007-yil “Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 2009-yil 07-sentabrdagi 191-son “Respublika Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti seysmologiya stansiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to'g'risida”gi qarorlari asosida 2009-yildan boshlab faoliyat yuritgan.
Noyob obektning yo'nalishi:
Seysmologik monitoring axborot-tahlil markazi seysmologik monitoring axborotini toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash, ekspert tahlili, saqlashning yuqori texnologik tizimini hamda zamonaviy texnik va axborot texnologiyalariga asoslangan respublika maʼlumotlar markazini yaratishdan iboratdir.