O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

G'.O. MAVLONOV NOMIDAGI SEYSMOLOGIYA INSTITUTI




Kompleks regional geografik prognozlashtirish laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri Qo’ziyev Farxod Normamatovich

Kompleks regional geografik prognozlashtirish laboratoriyasi (oldingi Geografiya bo‘limi, Geoekologiya laboratoriyasi) 1958 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshida tashkil etilgan. 1997 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Geografiya bo‘limini 1958-1976 yy. geografiya fanlari doktori, professor Z.M.Akromov; 1977-1995 yy. geografiya fanlari doktori, professor A.A.Rafiqov; 1996-2000 yy. geografiya fanlari nomzodi I.A.Xasanov; 2001-2005 yy. geografiya fanlari nomzodi Sh.A.Azimov; 2006-2019 yy. geografiya fanlari doktori V.A.Rafikov boshqarib kelganlar, 2020 yildan esa geografiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Ibraimova laboratoriyaga mudirlik qilmoqda.

Laboratoriya xodimlari tarkibi: g.f.d., k.i.x. V.А.Rafiqov, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), k.i.x. B.А.Rafiqova, k.i.x. А.R.Valiyeva, injener-kartograf F.Qo‘ziyev, stajyor-tadquqitchi А.Ahmadjonov, injener B.Mallayev, laborant – N.Navro‘zboyeva.

Laboratoriyaning ustuvor ilmiy yo'nalishlari:

Xalq xo’jaligi sohalarini rivojlantirishni uzoq muddatli rejalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, 50-yillar oxirida Geografiya bo’limi xodimlari oldiga respublikadagi yirik regionlarni kompleks iqtisodiy-geografik tadqiq qilish vazifasi qo’yildi. Asosiy tadqiqot obyektlari qishloqlarning joylashishi, qo’shimcha tabiiy, iqtisodiy resurslarni aniqlash, ulardan respublika iqtisodiyotini rivojlantirshida foydalanish, G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir tog‘laridagi muzliklar va suv manbalari zaxiralarini baholashdan iborat bo‘lgan. Farg’ona vodiysi, Quyi Amudaryo, Zarafshon vodiysi, Qizilqumga qator geografik ekspeditsiyalar uyushtirildi (Z.M.Akramov, А.N.Rakitnikov, S.А.Kovalyov). Bo’lim glyatsiologlari (muzshunoslar) Tyan-Shan va Pomir tog‘larida muvaffaqiyatli izlanishlar olib borishdi. V.A.Bugaev va V.F.Suslov rahbarligida Abramov muzligida yil davomida doimiy glatsiologik tadqiqotlar tashkil qilindi.

1961 yil Geografiya bo‘limi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ga o‘tkazildi. Shu davrda Namangan, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga tabiiy va iqtisodiy resurslarni o‘rganish maqsadida ekspeditsiyalar uyushtirildi. Ularni xalq xo’jaligi aylanmasiga jalb etish imkoniyatlari tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar O‘rta Osiyo suv zaxiralari, Orol dengizi havzasi tog‘li qismida oqim va muzliklar hosil bo‘lishi va dinamikasini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qildi. Mirzacho‘l (A.A.Rafiqov), Qarshi cho‘li (I.A.Xasanov); Surxon-Sherobod vodiysi (Sh.Ergashov), Zarafshon vodiysi (A.Saidov,) Toshkent viloyati tog‘li va tog‘ oldi qismlari (X.Maqsudov) kabi o‘zlashtirilgan arid hududlarni tabiiy-meliorativ baholash hamda antropogen ta’sirni prognozlash bo‘yicha izlanishlar olib borildi.

1969 yilda respublikada geografik ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Geografiya bo‘limi yana Fanlar Akaedmiyasi tizimiga o‘tkazildi. 70-yillarda Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish munosabati bilan bo‘lim xodimlari tomonidan keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borildi. Bo‘z (qo‘riq) yerlarni sug‘orish, paxtachilik xo‘jaliklarini maqbul joylashtirish, yaylov chorvacholigini maqsadli rivojlantirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va h.k. bo‘yicha qator ilmiy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Mazkur natijalar “Qarshi cho‘li va uni o‘zlashtirishning geografik muammolari” (1973 y.) nomli monografiyada o‘z aksini topdi. 1977 yildan boshlab bo’lim xodimlari sobiq SSSRdagi boshqa geografiya tashkilotlari bilan hamkorlikda “Orolobo‘yi muhiti cho‘llanish jarayonlari oldini olish” bo‘yicha ilmiy muammo ustida tadqiqotlar olib borishdi. Jumladan, Orol dengizi sathi pasayishining Amudaryo quyi qismi tabiiy sharoitlarining transformatsiyasiga ta’siri ilmiy asoslangan chora-tadbirlari ishlab chiqildi (A.A.Rafiqov, G.F.Tetyuxin, “Orol dengizi sathining pasayishini va Amudaryo quyi qismi tabiiy sharoitlarining o‘zgarishi”, 1981 y.; A.A.Rafiqov, “Orol dengizi qurigan janubiy qismining tabiiy sharoitlari”, 1982 y.). Shuningdek, respublika notirik tabiiy yodgorliklarini saqlash va tiklash maqsadlarida ularni aniqlash, kartografiyalash va hujjatlashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Bo‘lim xodimlari quyidagi atlaslarni tayyorlash va yaratishda juda katta hissa qo‘shishdi. “O‘zbekiston SSR atlasi”, 1982 yil, atlasda 165 ta rangli kartalar, diagramma va grafiklar, jadvallar yordamida respublikamizdagi tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar ko‘rsatib berilgan; ilmiy ma’lumotnoma “O‘zbekiston SSR atlasi”, “O‘zSSR o‘quv-o‘lkashunoslik atlasi” va boshqalar.

Bo‘lim kartograflari tomonidan Toshkent shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan O‘zbekiston poytaxtining tarixiy-geografik atlasi tayyorlangan. Unda Toshkent shahriva unga tutash hududlarning rivojlanish tarixi, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi, xalq xo‘laligi, madaniyati, ilm-fan, san’at, arxitekturasi ko‘rsatilgan. Atlasda qadimgi shahar geografiyasi haqida kamyob ma’lumotlar beruvchi 50 ta rangli kartalar, ko‘plab diagramma, qirqim-karta, grafik, jadvallar keltirilgan.

Oxirgi yillarda laboratoriya faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish, qo‘shimcha tabiiy resurslarni aniqlash, suv manbalari taqsimlanishini hududlar bo‘yicha maqbullashtirish; bevosita muhim ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni yechishga qaratilgan regional atlas va mavzuli kartalarni ishlab chiqish kabilarga yo‘naltirilgan. Asosiy e’tibor Orol dengizi sathining pasayishi bilan bog‘liq holda Orolbo‘yi tabiiy komplekslari o‘zgarishini o‘rganishga qaratilmoqda.

Mazkur tadqiqotlarning asosiy maqsadi – Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Olib borilgan dala tadqiqotlari natijalari asosida Orolbo‘yi zonasi cho‘llanishini bartaraf etish bo‘yicha ilmiy va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Laboratoriyaning 2009-2020 yillarda erishgan ilmiy yutuqlari:

1. Amudaryo deltasi cho‘llashayotgan qismining tabiiy sharoiti va resurslarini majmuali baholash hamda tabaqalashtirilgan tadbirlarni qo‘llash maqsadida texnologiyalarning matematik modeli ishlab chiqildi.

2. Tabiiy resurslar va tabiiy sharoitni amaliy maqsadlar uchun baholashning usullari va qonuniyatlari ishlab chiqildi. Sug‘oriladigan yerlarni rivojlantirish maqsadida geotizimlarni baholashning matematik modeli ishlab chiqildi.

3. Ishlab chiqilgan matematik model yordamida “Orol dengizining qurigan qismi va Amudaryo deltasini qurigan qimida tabiiy-meliorativ komplekslarni baholash”; “Amudaryo deltasini cho‘llashgan qismida tabiiy-meliorativ holatni yaxshilash tadbirlari” kartalari yaratildi.

4. Janubiy Orolbo‘yida cho‘llanish jarayonlarini xavfini kamaytirish va oqibatlarini yumshatishni geoэkologik boshqarish yo‘li bilan kurashish texnologiyasi ishlab chiqildi.

5. O‘zbekiston arid zonalarida cho‘llanishga qarshi kurashning konstruktiv tizimi tadbirlari ishlab chiqildi.

So‘nggi yillarda nashr etilgan ishlar Kartalar:

1. O‘zbekiston Respublikasining ekologik kartasi, 1:1 000 000 masshtabda, 1997 y. (muallif g.f.d., professor Rafiqov A.A);

2. O‘zbekiston Respublikasi tabiatini muhofaza qilish kartasi, 1:1 000 000 masshtabda, 2003 y. (muallif g.f.d., professor Rafiqov A.A);

3. Janubiy Orolbo‘yi cho‘llanishining hozirgi holati kartasi, 1:500 000 masshtabda, 2013 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A.);

4. Janubiy Orolbo‘yi ekotizimi kartasi, 1:500 000 masshtabda, 2013 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A.);

5. Janubiy Orolbo‘yining cho‘llanish xavfi kartasi. 1:500 000 masshtabda, 2013 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A.);

6. Toshkent shahar mahallalar sxematik kartasi, 1: 30 000 masshtabda, 2015 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A. va boshqalar);

7. Toshkent shahri mahallalar atlasi, 2015 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A.);

8. O‘zbekiston arid zonalari cho‘llanish kartasi, 1:1 000 000 masshtabda, 2017 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A.)

9. O‘zbekiston arid zonalari cho‘llanish xavfi kartasi, 1: 3 500 000 masshtabda, 2017 y. (muallif g.f.d. Rafiqov V.A.).

Darslik, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalar:

1. Rafikov A.A. Geoekologik muammolar. – Toshkent: O’qituvchi, 1997. - 111 b.

2. Rafikov A.A. Tabiiy geografik prognozlashtirish. – Toshkent: Universitet, 2000. - 90 b.

3. Rafikov A.A. Geoekologiya asoslari. – Toshkent: Universitet, 2000. - 68 b.

4. Rafikov A.A. Meliorativ geografiya. – Toshkent: Universitet, 2000. - 22 b.

5. Rafikov A.A., Azimov Sh.A. Amaliy geografiya. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. - 287 b.

6. Baratov P., Mamatkulov M.M., Rafikov A.A. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002. - 440 b.

7. Rafikov A.A. Geografik prognozlashtirish asoslari. – Toshkent: Universitet, 2003. - 268 b.

8. Rafikov V.A. Amaliy geografiya (litsey va kollejlar uchun darslik) (yangi tahrirda). – Toshkent: Sharq, 2004. - 160 b.

9. Rafikov V.A. Yuqori quvvatli elektr uzatish tizimlari va atrof-muhitning ekologik holati. – Toshkent. Uzincomsentr, 2008 y. 166 b.

10. Rafikov V.A. va boshq. Toshkent mahallalari. – Toshkent: Uzincomsentr, 2008. - 80 b.

11. Rafikov V.A. Qiziqarli geografiya. Toshkent, Sharq, 2012 y. 302 b.

12. Rafikov V.A. Janubiy Orolbo’yining cho’llanish jarayonlari. – Toshkent. 2013 y. O’zR FA Minitipografiyasi. 140 b.

13. Rafikov V.A. Tabiat va jamiyat munosabatlarini optimallashtirishning ekologik-geografik asoslari. Toshkent, 2014. OOO “Munis design group”. 72 b.

14. Rafikov V.A. Geosistemalar o’zgarishining ekologik-geografik prognozining ilmiy asoslari, Toshkent. 2014 y. Toshkent.OOO “Munis design group”. 91 b.

15. Rafikov V.A. Orol dengizi va Orolbo’yining 2020 yilgacha bo’lgan holati, Toshkent. 2014 y, OOO “Munis design group”. - 111 b.

16. Rafikov V.A. Orol dengizi taqdirini hal qilish muammolari, Toshkent. 2014 y. OOO “Munis design group”. 150 b.

17. Orol dengizi va O’zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida geosistemalarni prognozlashtirish, Toshkent. 2014 y. OOO “Munis design group”. 108 b.

18. Rafikov V.A. Cho’llanish. Toshkent. 2016. SIVASH. 240 b.

19. Rafikov V.A. Konstruktiv geografiya. Toshkent, 2016. OOO EKOPAK, 162 b.

20. Ibragimova R.A., Ibraimova A.A. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. Uslubiy qo’llanma. – Toshkent, 2017. – 68 b.

21. Ibraimova A.A. Umumiy tabiiy geografiya. Darslik. – Toshkent: Barkamol fayz media, 2018. - 328 b. (соавторы: Abdunazarov O’.Q., Mirakmalov M.T., Sharipov SH.M., Ibragimova R.A.).

22. Ibraimova A.A. Kartografiya. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2019. - 300 b.

23. Ibraimova A.A. Kartalarni loyihalash va tuzish fanidan kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy qo’llanma. – Toshkent, 2019. – 64 b.

24. Валиева А.Р. Қурилиш инженерлик геодезияси (ҳаммуаллиф: Авчиев Ш.К.). Ўқув қўлланма. – Тoшкент, 2020.

25. Валиева А.Р. Инженерная геодезия в строительве (соавтор: Авчиев Ш.К.). Учебно-методическое пособие. – Ташкент, 2020.

26. Валиева А.Р. Инженерлик геодезиясидан практикум (ҳаммуаллифлар: Ташпулатов С.А., Авчиев Ш.К.). Ўқув қўлланма. – Ташкент, 2020.

27. Валиева А.Р. Инженерная геодезия. Услубий кўрсатма. – Тoшкент, 2020.

28. Қўзиев Ф.Н. Шаҳар, қишлоқ аҳоли пунктларида ер ва бино иншоотлар рўйхати ва ҳисоби (ҳаммуаллифлар: Актамов Б.У., Ҳамидова М.Б.). Ўқув қўлланма. – Тoшкент: ТАҚИ, 2018.

2018-2020 yillardagi ilmiy jurnallardagi nashrlar:

1. Рафиков В.А. Арена эоловых и импульверизационных процессов // Геология и минеральные ресурсы. – Ташкент, 2018. №6. – С. 49-53.

2. Vahob Rafikov. Global warming of climate and desertification of land. European Sciences review. Scientific journal. 2019. №7-8. Austria, Vienna. 3-5 рр.

3. Рафиков В.А. Исследование процессов опустынивания в бассейне Арала и пути их предупреждения. Доклады АН РУз. 2019. №4. С. 86-90.

4. Рафиков В.А. Глобальное потепление климата и опустынивание. Геология и минеральные ресурсы. 2019. №6. С. 18-22.

5. Vahob Rafikov. Study of desertification processes in the Aral sea and ways of their warnings. European Sciences review. Scientific journal. 2019. № 3-4. Austria, Vienna. 27-32 рр.

6. Рафиқова Н.А. Табиатдан фойдаланиш ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш // Экология хабарномаси. – Тошкент, 2018. №11. – 36-39 б.

7. Rafikova N.A. Environmental Sustainability of Geosystems in Uzbekistan: Evaluation, Forecast, Management and Issues of Recreational Natural Resource Management. International Journal of Geology, Earth & Environmental Sciences. India. 2019 Vol. 9 (3) September-December, 80-83 рр.

8. Rafikova N.A. Environmental Sustainability of Geosystems in Uzbekistan: Evaluation, Forecast, Management and Issues of Recreational Natural Resource Management. European Sciences review. Scientific journal. 2019. № 3-4. Austria, Vienna. 19-22 рр.

9. Рафикова Н.А. Рациональное использование водных ресурсов в орошаемом земледелии // Ўзбекистон замини, 2020. №2. – С. 89-92.

10. Rafikova N.A. Forecasting and the forecast of changes of arid geosystems in the conditions of proceeding ecological destabilization in Aral Sea Region. Issues of Geography and Geoecology. 2019. №2. 29-38 рр.

11. Ибраимова А.А. Ўзбекистоннинг озиқ-овқат саноати ва унинг экспорт салоҳияти // Ўзбекистон География жамияти ахбороти, 52 жилд. – Тошкент, 2018. – 84-87 бетлар.

12. Ибраимова А.А., Абдурахмонова Ш. Ўзбекистоннинг қишлоқ хўжалик салоҳияти // Ўзбекистон География жамияти ахбороти, 52 жилд. – Тошкент, 2018. – 101-103 бетлар.

13. Ибраимова А.А. Географик хариталар компоновкасининг айрим хусусиятлари // Ўзбекистон География жамияти ахбороти, 53 жилд. – Тошкент, 2018. – 272-275 бетлар.

14. Ибраимова А.А. Хариталарда географик номлар жойлаштирилишининг айрим хусусиятлари // Ўзбекистон География жамияти ахбороти. Махсус сон. – Тошкент, 2018. – 241-245 бетлар.

15. Ibraimova A.A. Map design evaluation for mobile display // Norwegian journal of technical and natural science. – Oslo, №9, 2019. - 16-18 pages.

16. Ibraimova A.A. Aral physical and geographic district, Uzbekistan and Kazakhstan (co-authors: R.A.Ibragimova, SH.M.Sharipov,U.K.Abdunazarov,M.T.Mirakmalov) // ASIA LIFE SCIENCES Supplement 21(1): 227-235, 2019. The Asian International Journal of Life Sciences. - Philippines 2019.

17. Valiyeva A.R. The usability of GNSS mass-market receivers for cadastral surveys considering RTK and NRTK techniques. Norwegian journal of technical and natural science. №9 2019.

18. Қўзиев Ф.Н. Ўзбекистонда тарихий ва маданий ёдгорликлар давлат кадастрини юритиш масалалари // Ўзбекистон География жамияти ахбороти. - 52-жилд. – Тошкент, 2018.

19. Кузиев Ф.Н. Особенности современной геодинамики области взаимодействия Туранской эпипалеозойской плиты и западной части эпиплатформенного орогена Тянь-Шаня (соавторы: Атабеков И.У., Садиков Ю.М., Нурматов У.А.) // Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Сейсмология институти «Сейсмология муаммолари» хабарномаси журнали. - 1-сон – Тошкент, 2019.