O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

G'.O. MAVLONOV NOMIDAGI SEYSMOLOGIYA INSTITUTI




Zilzilalarni prognoz qilishning fundamental muammolari

Laboratoriy mudiri - Valijon Rustamovich Yusupov, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Laboratoriya tashkil etilgan yili: 2020-yilga qadar laboratoriya "Geofizik maydonlarning variatsiyasi" (GMV) deb nomlangan. U 1966-yil 1-oktyabrda Institutning tashkil etilishi bilan bir vaqtda zilzilalarni prognozlash bo'limi tarkibida tuzilgan. Kafedrani akademik G'ani Orifxonovich Mavlonov, laboratoriyani esa geofizik Manop G'afurovich G'afurov boshqargan. 1971-yilda laboratoriya mudiri etib ilgari "Seysmotektonik rayonlashtirish" laboratoriyasida katta ilmiy xodim bo'lib ishlagan geologiya va mineralogiya fanlari nomzodi Ibragimov Rashod Narzikulovich tayinlangan. Shu davrdan boshlab laboratoriya nomi "Geofizik maydonlar va seysmektektonika variatsiyasi" deb o'zgartirildi. Bu nom 1977-yilgacha saqlanib qoldi. 1977-yil sentyabr oyida institutda katta tarkibiy o'zgarishlar ro'y berdi. Shu davrda institut xodimlarining soni keskin o'sdi, 7ta yangi laboratoriya ochildi. Seysmik prognoz stansiyalari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha O'zbekiston hukumatining qarori qabul qilindi. "Geofizik maydonlar va seysmotektonika variatsiyasi" laboratoriyasi asosida ikkita yangi laboratoriya tashkil etildi, bular: "Geofizik maydonlarning variatsiyasi" va "Seysmotektonika" edi. 1977-yildan hozirgi kungacha "Geofizik maydonlarning variatsiyasi" laboratoriyasini fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Rsepublikasi FA akademigi Kaxarbay Nasirbekovich Abdullabekov boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda laboratoriyada 1ta akademik, 2ta fan doktori, 2ta fan nomzodi, 1ta falsafa doktori, 2ta kichik ilmiy xodim va 1ta laborant faoliyat yuritmoqda. Laboratoriyada geofizik tadqiqotlar va olingan ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash uchun asbob va uskunalar mavjud.

1. Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi.

2. Maqsudov Sabitjon Hamidovich – fizika-matematika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.

3. Xusomiddinov Sabriddin Samarovich – fizika-matematika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.

4. Mo'minov Mirzoid Yusupovich – fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

5. Yusupov Valijon Rustamovich – falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.

6. Sagdullayeva Kamola Abdullayevna – kichik ilmiy xodim.

7. Isroilov Hasan Baxtiyorovich – kichik ilmiy xodim.

8. Najmiddinov Bekzod Umarovich – muhandis.

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishlari:

Yer qobig'idagi elektromagnit hodisalarni, zilzila darakchilari kompleksining namoyon bo'lishi makon-vaqt xususiyatlarini o'rganish. Zilzilalarni prognozlash tizimining nazariy asoslarini, zilzilalarni tayyorlash jarayonlarining geofizik modellarini ishlab chiqish. Suv omborlari, yerosti gaz omborlari, gaz va neft konlaridan foydalanish rejimining elektromagnit maydonlar variatsiyalarining xususiyatlariga ta'sirini tadqiq qilish.

Ilmiy yutuqlar: Jahon amaliyotida noyob bo'lgan quyidagi natijalar olindi, ularning aksariyati birinchi marotaba bajarildi:

magnitli anomaliya

3D magnitli anomaliya

- birinchi marta yerosti gaz omborining ish rejimi bilan bog'liq bo'lgan magnit maydonning anomal o'zgarishi aniqlandi;

- Chorvoq suv ombori hududida, gaz va neft konlari (Sho'rtan, Pamuk, Zevarda, Ko'kdumaloq va b.)ning hududlarida va sodir bo'lgan kuchli zilzila epitsentrlari (Tovoqsoy, 1977, Isfara-Botken, 1977, Nazarbek, 1980, Gazli 1976, 1984, Chimion, 1982, Pop, 1984, Hamzaobod, 1985, Izboskan, 1992, Qamashi, 1999, 2001, Kon, 2011, Marjonbuloq, 2013 va b.)da tadqiqot ishlari o'tkazildi;

- 1980-yil 11-dekabrdagi Nazarbek zilzilasi epitsentrida (M=5.5) birinchi marta o'choqdagi seysmik rejimning zaiflashishi bilan bog'liq bo'lgan geomagnit maydon intensivligining sekin pasayishi aniqlandi;

- jahon amaliyotida birinchi marta 1976-yil 17-mayda M=7.3 magnitudali eng kuchli Gazli zilzilasi o'chog'i tepasida magnit maydonining yuqori aniqlikdagi o'lchovlari asosiy silkinishdan oldin, ayni vaqtida va undan keyin amalga oshirildi. Bu zilzila epitsentridan 70-80 foizgacha magnit maydonining ko'rfazsimon variatsiyasi amplitudasi buzilishining natijasi edi. Ko'rfazsimon variatsiyalar 1982-yil 6-maydagi M=5,8ga ega Chimion zilzilasida ham aniqlangan edi;

- Sharqiy Farg'ona geodinamik sinov poligonida 13 yil davomida muntazam 15 kunlik chastotada joylashgan 40 ta punktda takroriy maydonli magnit tasvirga olish o'tkazilib, tadqiqotlar natijasida muyayyan bir zilzilalar bilan bog'liq bo'lgan bir necha magnit maydonning anomaliyalar maydonchalarining paydo bo'lishi, rivojlanishi va yo'qolishini kuzatish mumkin bo'ldi. (Oloy, 1978-yil 2-noyabr, M=6,8; Chimion, 1982-yil 6-may, M=5,8; Pop, 1984-yil 18-fevral, M=5,5 va b.);

- Sharqiy Farg'ona geodinamika sinov maydonchasida intensivligi bir nechadan 23nTl.gacha bo'lgan qisqa muddatli magnit anomaliyalari ham aniqlandi. Andijon stansiyasida 1978-yil 2-noyabrdagi Oloy zilzilasi (M=6.8) epitsentridan 120-130 km masofada 23nTl. intensivlik bilan sodir bo'lgan anomal o'zgarish katta qiziqish uyg'otadi. O'ziga xos vaqti 1 haftaga teng. Zilzila silkinishdan 6 soat oldin ushbu va boshqa murakkab kuzatuvlar asosida taxmin qilingan. AQSH Astronomiya jamiyatining geofizika jurnalida chop etilgan maqolaning mazmuni 1982-yil 20-yanvarda “The times” gazetasida keng sharhlangan;

- Andijon-Quvasoy-Isfara-Qayroqqum-Markaziy Qizilqum yo'nalishi va uyog'iga shimoli-g'arbiy tomon yo'nalish bo'yicha Janubiy Farg'ona chuqurlik yorig'i bo'ylab subkenglik yo'nalishida o'tadigan yer qobig'ining anomal elektr o'tkazuvchanligi bo'lgan zonasi aniqlandi;

- qazib olinayotgan gaz va neft konlarida tadqiqotlar o'tkazildi. Masalan, Sho'rtan gaz koni hududida maydonning o'zgarishi qazib olingan gaz hajmi (Q) va qatlam bosimining o'zgarishi (P) bilan aniq bog'lanadi. Lokal magnit maydonning o'zgarishi va ish parametrlari o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti Q va P uchun mos ravishda 0,98 va 0,95 ni tashkil etadi. Xuddi shunday natijalar Pamuk-Zevardin neft va gazli tuzilmalar guruhi, Ko'kdumaloq, Xauzak-Shodi konlarida o'tkazilgan geomagnit tadqiqotlar paytida olindi;

- ko'p yillik geomagnit maydonning variatsiyasi o'zgaruvchanligi tadqiqotlari natijalarining tahlili va umumlashtirishlari asosida, zilzilalarni tayyorlash bosqichlari bilan bog'liq bo'lgan to'rt turdagi anomal variatsiyalarning makon-vaqt va amplituda-chastota xususiyatlari, hatto ba'zida namoyon bo'lishidagi qonuniyatlar aniqlandi. Ularning uch turi zilzilalargacha namoyon bo'ladigan uzoq muddatli, o'rta muddatli va qisqa muddatli bo'lib, to'rtinchi turi esa aftershokli keyingi ta'sir bilan bog'liq;

- ushbu tadqiqotlar natijalari va O'zbekistonning geodinamik sinov maydonlaridan olingan ma'lumotlar birgalikda uzoq muddatli va o'rta muddatli darakchilarning namoyon bo'lish davomiyligi va zilzilalar magnitudasi o'rtasidagi to'g'ri chiziqli empirik aloqani topishga imkon berdi;

- zilzilalarni tayyorlash va namoyon bo'lishining turli bosqichlari bilan bog'liq uzoq muddatli dala tajribalari natijasida aniqlangan elektromagnit maydonlarning 4 turdagi anomal variatsiyalari asosida, zilzilalarni tayyorlash jarayonlarining 4 bosqichli geofizik modeli taklif qilindi. O'rta muddatli darakchilarning makon-vaqt parametrlari va zilzilalarning magnitudalari o'rtasidagi empirik aloqalar aniqlashtirildi;

- jahon rasadxonalari tarmog'idagi geomagnit maydon azaliy harakatining o'rtacha yillik ma'lumotlarini tahlil qilish natijasida, magnit maydonning yer qobig'ining faol seysmotektonik sohalariga to'g'ri kelgan 15-25 yillik o'ziga xos davrlari bo'lgan sekin anomal o'zgarishlari aniqlandi;

- Dusheti (Tbilisi)dagi Yevropa geomagnit observatoriyalari tarmog'ining o'rtacha yillik ma'lumotlarining tahlili asosida 1920 yildagi M=6.5 magnitudali Gori zilzilasi bilan bog'liq bo'lgan magnit maydonida sekin anomal o'zgarish aniqlandi. Zilzilalarning darakchilari kompleksidagi anomal variatsiyalar, asosan, seysmogen zonalarda namoyon bo'ladi. Seysmogen zonalar o'qi bo'ylab anomaliyalar yoyilishning ko'ndalangiga qaraganda ancha katta masofalarga tarqaladi;

- zilzilalarni tayyorlash va namoyon bo'lishining turli bosqichlari bilan bog'liq uzoq muddatli dala tajribalari natijasida aniqlangan elektromagnit maydonlarning 4 turdagi anomal variatsiyalari asosida, zilzilalarni tayyorlash jarayonlarining 4 bosqichli geofizik modeli taklif qilindi. O'rta muddatli darakchilarning makon-vaqt parametrlari va zilzilalarning magnitudalari o'rtasidagi empirik aloqalar aniqlashtirildi;

- Chorvoq poligonida suv omborining ishlash tartibi bilan bir qatorda mintaqada yuz bergan bir qator zilzilalar bilan bog'liq bo'lgan geomagnit maydonning anomal variatsiyalari aniqlandi; - darakchilar kompleksining sekin o'zgarishi vaqti bilan T=4M-14 formulasi bilan empirik tarzda ifodalanadigan zilzilalar magnitudasi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi;

- vaqt va makonda darakchilarning namoyon bo'lish xususiyatlari aniqlandi, magnitudaga qarab masofa va vaqt bo'yicha darakchilarning namoyon bo'lish o'lchamlarini ko'rsatadigan empirik formulalar aniqlandi;

- darakchilarni o'rganish va zilzilalarni prognoz qilish bo'yicha turli (statsionar, maydonli takroriy, marshrutli va boshqa) kuzatuvlarni olib borish bo'yicha yo'riqnoma ishlab chiqildi;

- zilzilalar bilan bog'liq bo'lgan yer qobig'ining impulsli elektromagnit nurlanishidagi anomal o'zgarishlar aniqlandi;

- 2021-2030-yillarga mo'ljallangan zilzilalarni prognoz qilish muammolari bo'yicha ilmiy izlanishlarni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi;

- O'zbekistonda seysmolog-magnitologlar katta guruhining paydo bo'lishi va geofiziklar ilmiy maktabining yaratilishi asosiy natija hisoblanadi.

Geofizik maydonlar variatsiyasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan 1966-2020-yillarda 630dan ortiq ilmiy maqolalar, 30ga yaqin monografiyalar chop etildi, ixtiro uchun 8ta mualliflik guvohnomalari va patentlarni olindi; 4ta doktorlik va 10ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Laboratoriyaning 2018-2020-yillarda e'lon qilingan eng muhim ilmiy ishlari:

1. Абдуллабеков Қ.Н., Максудов С.Х., Туйчиев А.И., Юсупов В.Р. Локальные вариации геомагнитного поля техногенной и геодинамической природы в районе водохранилища Чарвак. // «Разведка и охрана недр». Россия 2018.35, стр.27-32

2. Yusupov V.R. Anomalous variations of geomagnetic field in the Сharvak polygon // International journal of geology earth and environmental sciences. - India, 2018. vol. 8, №1. - Р. 23-30.

3. Абдуллабеков К.Н., Максудов С.Х., Туйчиев А.И. Инструкция по прогнозиро магнитометрическим методом.ванию землетрясений Мини типография АН РУз, 2019,16 с.

4. Абдуллабеков К.Н., Максудов С.Х., Туйчиев А.И. Современное состояние исследований по проблеме прогнозирования землетрясений. // Проблемы сейсмологии №1 Ташкент 2019 с.18-23.

5. AbdullabekovK.N., TuychievA.I. Manifestation of earthquake precursors with distance and dimension of geotectonic blocks // International Journal of Geology, Earth and Environmental Sciences. –India. 2019,- Vol.9 (2), P.71-75.

6. Максудов С.Х., Абдуллабеков К.Н., Юсупов В.Р.,Туйчиев А.И., Вариации геомагнитного поля, обусловленные разноглубинными процессами в земной коре и верхней мантии //“Проблемы сейсмологии” 2019. №2. С. 13-28

7. Максудов С.Х., Туйчиев А.И., Юсупов В.Р., Ядигаров Э.М. Результаты высокоточной магниторазведки на территории восточного Букантау // Горный вестник Узбекистана № 1 (80) 2020 с. 21-23

Geofizik ilmiy tajriba observatoriyasini tashkil qilish jarayonlari to‘g‘risida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son farmoni 2-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti «YO‘L XАRITАSI» ning 10(31)- bandidagi Seysmologiya instituti tarkibidagi “Yangibozor geofizik observatoriya” noyob obʼekti asosida “Geofizik ilmiy tajriba observatoriya” sini tashkil qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Observatoriya vazifalari, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlari belgilandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ilmiy- texnik xodimlar shtat jadvali tuzildi.

2. Observatoriyani kerakli bo‘lgan geofizik asbob uskunalar bilan jihozlash bandi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2.1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika markazi o‘rtasida 2019-yil 21-oktabrda tuzilgan NS-17-sonli ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomaga binoan Geofizika markazi delegatsiyasi 2022-yil 18-aprelda Seysmologiya institutiga keldi. Delegatsiya tarkibidan Geofizika markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir - aʼzosi А.А. Solovyov, Markaz ilmiy kotibi, f.-m.f.n. R.I.Krasnoperov va katta ilmiy xodim, f.-m.f.n. R.V.Sidorovlar joy olishgan.

Delegatsiyaning maqsadi - o‘zaro ilmiy hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan vazifalardan biri - Yangibozor magnit-ionosfera rasadxonasida to‘xtovsiz geomagnit kuzatuvlarini xalqaro darajaga ko‘tarish va Yangibozor rasadxonasini INTERMАGNET xalqaro magnit observatoriyalar tizimiga kiritish. Shu maqsadda Geofizika markazi delegatsiyasi Seysmogen jarayonlar fizikasi laboratoriyasi, Yangibozor rasadxonasi xodimlari bilan birgalikda Yangibozor magnit - inosfera rasadxonasi hududida nazorat - magnit kuzatuv ishlarini o‘tkazishdi. Mavjud magnit maydonni kuzatish pavilonlarida mikromagnit kuzatuv ishlari o‘tkazildi. Olingan natijalar to‘g‘risida Geofizika markazi delegatsiyasi aʼzolari 20-aprelda institutning “Seysmologiya muammolari” seminarida axborot berishdi. Savol-javoblardan so‘ng keyingi bosqichda qilinadigan vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Yangibozor magnit – ionosfera rasadxonasida Yer magnit maydonining to‘liq qiymatini to‘xtovsiz har daqiqada o‘lchab borish va uni Geofizika markaziga onlayn tarzda yetkazib turish. Bu vazifa amalga oshirildi. Olingan 3-4 oylik maʼlumotlarning tahlili natijasiga asoslanib Yangibozor magnit – ionosfera rasadxonasida xalqaro standartlarga javob beradigan magnitometrlar jamlamasini Geofizika markazi tomonidan bepul taʼminlanishi va o‘rnatilishini amalga oshirish ko‘zda tutildi.
Delegatsiya 2022-yil 22-aprel kuni o‘z ishini yakunlab, Moskvaga jo‘nab ketdi.
2.2. 2021-yil 05-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan tuzilgan MS/SH-180 sonli Shartnoma bo‘yicha Rossiya Fanlar akademiyasi N.V. Pushkov nomidagi Yer magnetizmi, ionosfera va radioto‘lqinlar tarqalishi instituti Sankt - Peterburg bo‘limidan (IZMIRАN SPb) delegatsiya ilmiy - texnik hamkorlikni amalga oshirish maqsadida 2022-yil 24-aprelda Seysmologiya institutiga keldi. Delegatsiya tarkibi: IZMIRАN SPb direktori, f.-m. f.n. P.E. Tereщenko, t.f.n.- P.А Sergushin va t.f.n. – M.S. Petrishev.

Tashrifdan maqsad- IZMIRАN SPb va Seysmologiya instituti o‘rtasida o‘zaro ilmiy - texnik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzish;
-“Ochag-1” Geofizikaviy kuzatishlar majmuasi asbobini Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarni aniqlash.
2022-yil 26-aprelda delegatsiya aʼzolari Institutning “Seysmologiya muammolari ” seminarida maʼruza qilishdi.
2022-yil 26-aprel kuni Seysmologiya instituti va IZMIRАN SPb o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida Shartnoma imzolandi.
2022-yil 27-aprel kuni delegatsiya aʼzolari Yangibozor magnit-ionsfera rasadxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida “Ochag-1” Geofizikaviy kuzatishlar majmuaviy asbobini o‘rnatish mumkin bo‘lgan joy aniqlandi hamda muhokama qilindi.
28-29-aprel kunlari delegatsiya aʼzolari Seysmologiya instituti laboratoriyalari bilan tanishdi. Toshkentning diqqatga sazovor joylariga borishdi.
Delegatsiya 2022-yil 30-aprel kuni o‘z ishini yakunlab, Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi.