O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

G'.O. MAVLONOV NOMIDAGI SEYSMOLOGIYA INSTITUTI




GIDROGEOSEYSMOLOGIYA LABORATORIYASI

Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasi v.v.b
Rasulov Alisher Voxobjonovich

Laboratoriya tashkil etilgan yili: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 191-son qarori asosida 2016-yilda O‘zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tuzilmasida “Gidrogeohimiya” laboratoriyasi tashkil etildi. Uning birinchi mudiri X.K.Qosimov bo‘lgan. Dastlab, xodimlar soni 4 nafardan iborat bo‘lib, ularning faoliyati Toshkent shahrida joylashgan G‘alaba bog‘I hududida yer osti suv quduqlaridan birida gaz tarkibini kuzatish bo‘lgan. Asosiy ilmiy maktab 1971-yilda geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik A.N. Sultonho`jayevning laboratoriyaga rahbar bo‘lib kelganidan boshlangan. Akademik A.N. Sultonho`jayev tomonidan ilmiy maktabiga tamal toshi qo‘ildi.

Laboratoriya olimlari tomonidan chop etgan ilmiy ishlar 250 dan ortiq bo‘lib, ushbu ilmiy ahamiyatga ega majmualarning asosiy qismi Xitoy, Yapon va Ingliz tillariga tarjima qilib, chop etilgan. Laboratoriyaning yetakchi mutaxasislari O‘zbekiston FVVning Seysmoprognostik monitoring markazining doimiy konsultantlari hisoblanadilar. Gidrogeoseysmologik izlanishlar natijalari bo‘yicha laboratoriya xodimlaridan L.I. Mitrofanova (1981. Moskva), S. Siddiqov (1983), T. Zokirov (1985), Sh.S. Yusupov (1986), T.I. Isamuxamedova (1988), T.L. Ibragimova (1988), V. A. Kabo (1989, Qozog`iston GT va GF Instituti), A.O. Grinevskiy (1988, Moskva), V.V. Komissarov (1990, Moskva), Nabil Abraxam Muhamed (1992, Yaman), R.S. Ziyavuddinov (2011)lar fan nomzodi, Sh.S. Yusupov (1994), G.Yu. Аzizov (2000) doktorlik dissertasilarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar. Laboratoriya jamoasi tomonidan vatanimiz ilmiy yutuqlarini ommalashtirish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, chet el (AQSH, Yaponiya, Italiya, Hindiston, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlar) mutaxassislari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga q o‘yilgan.



Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo‘nalishi Laboratoriya tashkil qilingandan beri

Laboratoriyaning asoaiy tadqiqot yo‘nalishi – zilzilalarning gidrogeoseysmologik darakchilarini qidirish va seysmik xavfni prognoz qilishning ilmiy asoslarini va texnologiyasini ishlab chiqishdan iboratdir. Laboratoriya olimlari (G‘.O Mavlonov, A.N.Sultonho‘jayev, L.A.Xasanova va boshqalar) tomonidanda keng ko‘lamdagi izlanishlar natijasida “Zilzilaning tayyorlanish va sodir bo‘lish davrida yer osti suvlari kimyoviy tarkibining (gaz va izotoplar) o‘zgarishi” nomli 129-sonli kashfiyot yaratildi, fandagi yangi yo‘nalishning shakllanishiga ushbu xodisa, keyinchalik O‘zbekistonda fanning ikki yo‘nalishi - seysmologiya va gidrogeologiya oralig‘ida, dunyoning ko‘pgina seysmoaktiv regionlarida o‘z rivojini topishga sabab bo‘ldi. Yaniy “Gidrogeoseysmologiya” fani vujudga keldi. Laboratoriya xodimlarining sa`y-harakatlari natijasida 1975-yili “Gaz anomaliyalarini aniqlash usuli”, 1980-yili “Radioaktiv emanasiya konsentrasiyasini o‘lchash uskunasi”, 1989-yili “Zilzilalarni prognoz qilish usuli” mavzularida avtorlik guvoxnomalar, 1993-yili “Zilzilaning avtershok aktivligini prognoz qilish usuli”, 1998-yili “Zilzilalarni prognoz qilish usuli” nomli patentlar olindi. Kuzatuv obyektlari yer osti suvlari bo‘lib, parametrlari esa: suvda erigan gazlardan - Rn, CO2, Ar, N2, O2, H2, Не va boshqalar; kimyoviy elementlardan - K, F, CI, B, Ca, Hg va b.; yer osti suv manbaۥlari gidrogeofizik parametrlaridan – suv sarfi, bosimi, temperaturasi; izotop-geoximik parametrlaridan – elementlarning izotop nisbatlari - δ13С, 40Ar/36Ar, 3He/4He va suvning δ18O, δD ko‘rsatgichlarini kuzatish yo‘lga qo‘yilgan. Yuqorida qayd qilingan hamma parametrlar kompleksini ilmiy tahlil qilish va anomal o‘zgarishlarni tizimlash zilzilalarning tayyorlanish va sodir bo‘lishida zamonaviy ilmiy metod asosida ba`zi bir zilzilalarni prognostik alomatlariga asoslangan bashorati – bu zilzila prognozida yangicha yondashishni tashkil etadi.



Shunday qilib, keyinchalik zilzilalarni prognoz qilishda yer osti suvlarining gidrogeoximiyasi dunyo miqyosida tan olindi va o‘z o‘rnini egalladi. Zilzilaning tayyorgarlik, sodir bo‘lish va undan keyingi davrdagi jaroyonlar bilan uzviy bog‘langan yer osti suvlari parametrlari: gidrogeodinamik rejim, fizika-ximiyaviy va gaz hamda izotop tarkibi darakchilarning namoyon bo‘lish qonuniyatlarini aniqlashda, ularni qidirishda va seysmik xavfni prognoz qilishda gidrogeoseysmologik (GGS) usul hal qiluvchi o‘ringa chiqdi. O‘tgan asrning 80-yillariga kelib laboratoriya bazasida qo‘yilgan masalalarning kengayishi hisobiga Gidrogeoseysmologiya bo‘limi tashkil qilindi va u gidrogeofizika, gidrogeoximiya va izotop geoximiyasi laboratoriyalarini o‘z ichiga oldi. Sistematik gidrogeoseysmologik izlanishlar asosida eksperimental va dala ishlari natijalarini kompleks taxlil qilish vazifalari yotadi.

Bu ishlar avval Toshkent geodinamik poligonida olib borildi. Keyinchalik esa darakchilarni qidirish, prognoz tadqiqotlari hududi (Toshkent, Farg‘na va Qizilqum geodinamik poligonlari) kengaydi va yangi-yangi kuzatuv punktlari ochildi.



Yangi GGS-izlanish metodlari o‘zlashtirildi, ya’ni, yer osti suvlari gazlarining (geliy, argon, karbonat angidrid, molekulyar vodorod, suvdagi vodorod va kislorod) izotop tarkibini aniqlash va yer osti suvlarining gaz tarkibini xromatografik usulda o‘lchash uchun GGS lobaratoriyasiga mass-spektrometr «ISOPRIME precisION», hamda xromatograf Kristallyuks-4000M priborlari olib kelib o‘rnatilib ishga tushirildi.



Laboratoriyaning asosiy vazifasi – uzluksiz kuzatuv jaroyonidagi anomal effektlarni aniqlash, GGS izlanishlar bo‘yicha O‘zbekistonning seysmoaktiv hududlari uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va ularni kompleks ekspeditsiya (hozirda FVVga qarashli Prognostik monitoring markazi) faoliyatiga qo‘llash, respublikaning har xil seysmorektonik va gidrogeologik regionlari uchun prongnostik stansiyalarni tashkil qilishdan iboratdir.

GGS parametrlari anomaliyalarining namoyon bo‘lishida tabiatini o‘rganish uchun epimarkaz va sanoat portlashlari zonalarida gaz va suv namunalarini olish, obyektlarni har xil eksplutatsion rejimlarda, parametrlarning sutkalik va mavsumiy variasiyalarini aniqlash hamda quyosh va oy tutilishi davrlarida eksperimentlar o‘tkazish, “gaz – suv – tog‘ jinsi” sistemasida tajribalar o‘tkazishdan iboratdir.



Oxirgi yillardagi asosiy nashrlar ro`yxati:

1. Ibragimov R.S., Sultonxo‘jayev A.N., Artikov T.U., Аzizov G.Yu., Zigan F.G. Poisk optimalnyx strategiy I ispolzovaniya gidrogeohimicheskix parametrov pri prognozirovaniya ztmletryaseniy// Jurn."Geologiya i mineralnyye resursy" 2000 g. № 5. s.45-51.

2. Abdullabekov K.N., Sultankhodjaev A.N., Akbarov Kh.A. Earthquake prediction methods on results of complex observation (Uzbekistan) // Abstracts of XXXI Intern. Geological congress, Rio de Janeiro. Brazil VIII 2000.

3. Sultankhodjaev A.N. Study of Earthquakes precursory in Central Asia. // Abstracts of International Conference on Natural Hazards: Mitigation, Management (ICNHMM) AMRITSAR, 12-17 march, 2001. P.20-21.

4. Sultankhodjaev A.N., Аzizov G.Yu., Zigan F.G. Geologo-tektonicheskiye osobennosti proyavleniya gidrogeoseysmologicheskix anomaliy// "Geologiya va mineral resurslar", № 2., 2003 y.

5. Sultankhodjaev A.N. "Osnovy Gidrogeoseysmologiy"//Таshkent: 2006 y., 200 b.

6. Yusupov Sh.S., Shin L.Yu. Primenenie izotopnogo sostava ugleroda dlya prognozirovaniya zemletryaseniy// Теz. dokl. 20-simpoziuma po stabilnym izotopam. 12-14 noyabr 2013 g. М. GEOHI RAN.

7. Yusupov Sh.S., Nurmatov U.A., Shin L.Yu. Vliyaniye geologo-tektonicheskix usloviy na osobennosti proyavleniya gidrogeoseysmologicheskix predvestnikov zemletryaseniy. Dokl. АN RUz. №6, 2015. b. 69-75.

8. Nurmatov U.A., Yusupov Sh.S., Shin L.Yu., Yusupdjanova U.A. Svyaz osobennostey proyavleniya gidrogeoseysmologicheskix predvestnikov zemletryaseniy s seysmotektonicheskoy obstanovkoy. Jurn."Geologiya i mineralnyye resursy". 2016. с. 38-44.

9. Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., UmurzakovR.K., Shin L.Yu. Osobennosti izmeneniye gidrogeohimicheskix parametrov podzemnyx vod v period predshestvuyushiy I soputstvuyushiy seysmicheskoy aktivnosti // Vestnik Nas. Universiteta. Таshkent. 2016. №3/1. s. 223-228.

10. Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., UmurzakovR.K., Shin L.Yu. Gazo-himicheskiy I izotopniy sostav podzemnyx bod Pritashkentskogo artezianakogo basseyna v svyazi s stysmichnostyu// V sb. Problemy seysmologii Uzbekistana. IS АN RUz. Таshкеnт. №13, 2016. s. 84-87.

11. Yusupov Sh.S., Shin L.Yu. Zona chuvstvitelnosti gidrogeoseysmologicheskix predvestnikov zemletryaseniy(uglekisliy gaz)// Jurn."Geologiya i mineralnyye resursy". №6, Таshкеnт, 2016. s. 53-56

12. Yusupov Sh.S., Shin L.Yu. Nekotoryye xarakteristiki predvestnikov zemletryaseniy// Ekologiy Vest. Uzbekistsna. №4, Таshкеnт, 2017. s.14-17

13. Yusupov Sh.S. Izotopnaya geohimiya ugleroda podzemnyx bod Sentralnoy Azii. Pod. red. Аbdullagekova Q.N. Таshкеnт, Sivash, 2017. 245 s.

14. Yusupov Sh.S., Zakirov М.М. Rezultaty issledovaniya rasprostraneniya geliya v podzemnyx vodax// DAN RUz. №2, Таshкеnт, 2017. s.78-82.

15. Yusupov Sh.S., Zakirov M.M., Umurzakov R.K. Osobennosti rasprostraneniya rastvorennyx gazov v podzemnyx vodax pritashkentskogo artezianakogo basseyna/ Ekologiy Vest. Uzbekistsna, №2, Таshкеnт, 2018. s.29-33.

16. Yusupov Sh.S., Nurmatov U.A., Shin L.,Yu., Yusupdjanova U.A. FEATURES OF INFLUCE OF GEODYNAMIC CONDITIONS ON THE MANIFESNANIJN OF HYDROGEOSEISMOLOGICAL EATHQUAKE PRECURSORS// International Jornal of Geology, Earth and Environmental Sciences. Jaipur, India. P. 23-31.

17. Юсупов Ш.С., Шин Л.Ю., Расулов А.В. Гидрогеосейсмологические предвестники на Южно- геодинамики и геоэкологии внутриконтинентальных орогенов. Тез. док. VIII Межд. симпозиума. Бишкек, 2021, с. 326-329.

18. Умурзаков Р.К., Юсупов Ш.С. Особенности распределения молекулярного водорода в подземных водах в различных геолого-тектонических условиях Узбекистана/ в кн. Проблемы геодинамики и геоэкологии внутриконтинентальных орогенов. Тез. док. VIII Межд. симпозиума. Бишкек, 2021, с. 330-332.

19 Sh. S. Yusupov, L.Yu. Shin. Mechanism of anomalous manifestations δ13C CO2 underground water on Tashkent geodynamic range/ / IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 929 (2021) 012034. Doi: 10.1088/1755-1315/929/1/012034.

20 A.U. Abdullaev, Sh.S. Yusupov, L.Yu. Shin, A.V. Rasulov, Y.Zh. Yessenzhigitova. Hydrogeoseismological precursors Susamyr earthquake 1992// News of the academy of sciences of the Republic of Kazakhstan. Series of geology and technical sciences. ISSN 2224-5278. Volume 2, Number 452 (2022), 6-16. Doi: 10.32014/2022.2518-170x.156.

21 Умурзаков Р.К., Бобоёров А.А. Изучение роли тектонических неоднородностей в процессе распространения молекулярного водорода в гидрогеодеформационном поле/ Межд. науч.-практ. Конференция «Интеграция науки, образования и производства – залог прогресса и процветания», Т. 1, г. Навои, 2022, с. 329-332.

22 Расулов А.В., Каюмов Б.Р. Особенности формирования газового состава в подземных водах сейсмоактивных районов Узбекистана/ Межд. науч.-практ. Конференция «Интеграция науки, образования и производства – залог прогресса и процветания», Т. 1, г. Навои, 2022, с. 248-252.

23 Юсупов Ш.С., Шин Л.Ю. Оценка информативности гидрогеосейсмологического предвестника землетрясений/ Межд. науч.-практ. Конференция «Интеграция науки, образования и производства – залог прогресса и процветания», Т. 1, г. Навои, 2022, с. 402-408.

24 Юсупов Ш.С., Шин Л.Ю., Расулов А.В. Южно-ферганская сейсмогенная зона – сейсмичность и гидрогеосейсмологические предвестники (2020г.)/ «Современные методы оценки сейсмической опасности и прогноза землетрясений для территории Республики Казахстан» 16-18.06.2022.Алматы. С. 136-142.